U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ext2fs da fayllarni manzillash.
- Ordered
Ext2fs da bloklar guruhi. Ext2 turidagi barcha bloklar, bloklar guruhlariga bo‘linadi. Har bir bloklar guruhiga global deskriptor jadvalida alohida yozuv shakllantiriladi; bu yozuvda quyidagi asosiy parametlar saqlanadi: bloklar bitli xarita blokining raqami; inode bitli xarita blokining raqami; inode jadvali blokining raqami; gruppadagi bo‘sh bloklar soni; katalogdagi inode lar soni. Bloklar bitli xaritasi – bu har biti unga tegishli blok birorta faylga ajratilganligi ko‘rsatuvchi tuzilma. Agar bir 1 ga teng bo‘lsa, demak blok band. Shunga o‘xshash funksiyani indeksli deskriptorlarning bitli xaritasi bajaradi; u aynan qaysi indeksli deskriptorlar band, qaysilari esa band emasligini ko‘rsatadi. Linux ning yadrosi o‘z ichiga kataloglarni qamrab olgan inode sondan foydalanib, inode kataloglarni guruhlarga bir tekisda taqsimlashga urinadi; inode fayllarni, agar bunga imkon bo‘lsa, ota katalog guruhiga joylashtiradi. Jadvalda ma’lumotlar deb belgilangan barcha qolgan joy fayllarni saqlash uchun ajratiladi. Ext2fs da fayllarni manzillash. Ma’lumotlarni manzillash tizimi – bu fayl tizimining eng muhim komponentlaridan biridir. 357 Aynan manzillash tizimi diskdagi bo‘sh va band bloklarning ko‘pchiligadan kerakli faylni topishga imkon beradi. Ext2 fayl tizimi fayl bloklarini manzillashning quyidagi sxemasidan foydalanadi. Faylning manzilini saqlash uchun har bir 4 baytdan iborat 15 maydonlar ajratilgan. Agar faylning kattaligi 12 blok yoki undan kamroq bo‘lsa, bu klasterlar raqamlari manzilning bevosita birinchi 12 maydonida sanab o‘tiladi. Agar faylning kattaligi 12 blokdan ko‘proq bo‘lsa, u holda 13- maydonda klaster manzili joylashadi va unda faylning quyidagi bloklar raqamlari joylashtirilishi mumkin. Shunday qilib manzilning 13-chi elementi bilvosita manzillash uchun foydalaniladi. Blokning maksimal, ya’ni 4096 baytga teng, kattaligida 13-chi elementda fayl ma’lumotlari quyidagi klasterlarining 1024 raqamigacha joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Agar faylning kattaligi 12+1024 blokdan ko‘proq bo‘lsa, 14-chi maydon blokdan foydalaniladi; unda har birida 1024 raqam mavjud fayl ma’lumotlari bloklarining 1024 raqami saqlandigan bloklar joylashgan blokning raqami bor. Bu yerda endi ikkilangan bilvosita manzillash qo‘llaniladi. Va nihoyat agar fayl o‘z ichiga 12+1024+1048576 = 1049612 dan ko‘proq bloklarni qamrab olgan bo‘lsa, unda 15-chi maydon uch marta katta bilvosita manzillash uchun foydalanadi. Shunday qilib yuqori ta’riflangan manzillash tizimi blokning maksimal kattalagi 4 Kb bo‘lganida faylning kattaligi 2 terabayt va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Ext3 (Third Extended Filesystem) – ext2 fayl tizimining yangilangan ko‘rinishi, lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar bilan ishlash) qo‘llanilgan. Diskda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning barchasi “jurnallarga” yozib boriladi va ma’lumotlarga zarar yetganda shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo‘ladi. Jurnallar bilan ishlashning quyidagi rejimlari mavjud: Ordered – bu rejimda fayl tizimida sodir bo‘lgan xizmat fayllarini o‘zgarishlari yozib boriladi. Rejim odatiy tarzda ishlatiladi; Journal – buzilish sodir bo‘lganda ma’lumotlarni minimal yo‘qotishga erishmoqchi bo‘lsangiz shu rejimdan foydalanishingiz mumkin. Bu rejimda xizmat fayllaridan tashqari foydalanuvchining ma’lumotlari ham jurnalga yozilishi mumkin. Shuning uchun bu rejim eng sekin ishlaydigan rejim hisoblanadi; Writeback – eng tez va eng foydasiz bo‘lgan rejim hisoblanadi. 358 Jurnalning ishlash rejimini faqat Ext3 fayl tizimi uchun o‘rnatish mumkin va u quyidagicha o‘rnatiladi: /etc/fstab fayli o‘zgartiriladi. /dev/sda5/ext3 defaults, data=journal 1 1 Ext3 fayl tizimida disk bo‘limlarining maksimal qiymati 4 Tbayt, lekin Linuks yadrosining 2.6 versiyasida 16 Tbayt qilib belgilangan. Faylning maksimal xajmi 1 Tbayt bo‘lishi mumkin. Jurnallar bilan ishlash texnologiyasini o‘chirib qo‘yish ham mumkin. Ext4 – Linuksning yangi ishlab chiqilgan fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Bu fayl tizimi Linuks yadrosining 2.6.28 versiyasida paydo bo‘lgan. Ext3 fayl tizimi bilan solishtiradigan bo‘lsak, Ext4 fayl tizimi ishlashi va ishonchliligi 2 barobar oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu tizimda disk bo‘limining maksimal qiymati 1024Pbayt (1Ebayt), fayl xajmining maksimal qiymati 2 Tbayt qilib belgilangan. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling