U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Linux da kiritish/chiqarish
Linux Proc fayl tizimi. Proc fayl tizimi ma’lumotlarni
saqlamaydi; buni o‘rniga ularning ichidagilari talab bo‘yicha, kiritish/chiqarishga foydalanuvchi so‘roviga muvofiq hisoblab chiqiladi. Proc tizimi katalog va uning ichida joylashgan fayllar tuzilmalarini amalga oshiradi; keyin u o‘zining ichidagi har bir katalog va fayl uchun yagona va saqlanadigan inode raqamini belgilaydi. U bu inode raqamini identifikatsiya uchun ishlatadi, ya’ni foydalanuvchi faylning aniq inode ga murojaat qilganda yoki katalogning aniq inode da izlashni bajarishga uringanda qanday amal zarurligini belgilaydi. Ma’lumotlar shu fayllarning birortasida o‘qilganida proc tizimi tegishli axborotni yig‘adi, uni matn shakliga aylantiradi va tegishli jarayonning o‘qish buferiga joylashtiradi. Linux da kiritish/chiqarish Qurilmalarga yo‘naltirilgan Linux fayllar tizimi disk xotirasiga ikki kesh yordamida kiradi: ma’lumotlar virtual xotira tizimi bilan birlashgan sahifalar keshida saqlanadi; metama’lumotlar bufer keshida saqlanadi, shu bilan birga har bir kesh diskning bloki bilan indekslanadi. Linux qurilmalarni quyidagi uchta sinflarga ajratadi: blokli qurilmalar – to‘la mustaqil, ma’lumotlar o‘zgarmas kattalikdagi bloklardan ixtiyoriy foydalanishga ruxsat beradi; 359 belgili qurilmalar – ular qatoriga barcha boshqa qurilmalarning aksariyat qismi kiradi; ular oddiy faylarning funksionalligini qo‘llab-quvvatlashi shart emas; tarmoq qurilmalari – yadro tarmoq tizimi bilan o‘zaro harakat qiladi. Linuxda qurilmalar drayverlari modulli tuzilishi 9.6- rasmda ko‘rsatilgan. 9.6- rasm. Qurilmalar drayverlarining modulli tuzilishi Blokli qurilmalar tizimdagi barcha disk qurilmalariga asosiy interfeysni ta’minlaydi. Blokli bufer keshi ikki maqsadda xizmat qiladi: faol kiritish/chiqarish uchun bufer keshi sifatida; tugallangan kiritish/chiqarish uchun kesh sifatida. So‘rovlar menejeri blokli qurilmaning drayveri yordamida bufer tarkibini o‘qish va yozishni boshqaradi. Belgili qurilmaning drayveri o‘zgarmas bloklarning ma’lumotlaridan ixtiyoriy foydalanishni qo‘llab-quvvatlamaydi. Belgili qurilmaning drayveri turli talab qilinayotgan kiritish/chiqarish amallarni bajaradigan funksiyalar to‘plamini ro‘yhatdan o‘tkazadi. Yadro belgili qurilmadan faylni o‘qish yoki yozish so‘roviga deyarli Fayllar tizimi Blokli qurilmaning fayli Bufer keshi So‘rovlar menejeri SCSI menejeri SCSI-qurilmalari drayveri Blokli qurilmani drayveri Belgili qurilmaning fayli файли Tarmoq soketi Protokol drayveri TTY drayveri Tarmoq qurilmasi drayveri Belgili qurilmaning drayveri Qatorli ifodalash Foydalanuvchi dasturi 360 xech qanday oldindan ishlov berishni amalga oshirmaydi, lekin oddiy so‘rovni qurilmaning drayveriga uzatadi. Bundan asosiy mustasno – bu terminal qurilmalardan (TTY) foydalanishni almalga oshiruvchi belgili qurilmalar drayverlarining alohida to‘plami; ular uchun yadro standart interfeysni qo‘llab-quvvatlaydi. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling