U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Linux da jarayonlarning o‘zaro harakati


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Linux da jarayonlarning o‘zaro harakati 
UNIX ga o‘xshab, Linux jarayonlarga - hodisalar ro‘y berganligi 
to‘g‘risida signallar yordamida xabar beradi. Signallarning cheklangan 
to‘plami mavjud va ular birorta axborotni olib bormaydi: jarayon faqat 
signal borligi haqidagi faktdan foydalanishi mumkin. Linux yadrosi
yadro rejimida bajarilayotgan jarayonlar o‘rtasida aloqa qilish uchun 
signallardan foydalanmaydi. Yadro ichidagi aloqa tuzilmalarini 
rejalashtiruvchi - states (holatlar) va wait.queue (pipe) (kutish navbati) 
- yordamida amalga oshiriladi. Konveyer mexanizmi (pipe) farzand 
jarayonga ona jarayondan aloqa kanalini meros qilib olishga imkon 
beradi. Konveyerning bir uchida yozilayotgan ma’lumotlar uning 
ikkkinchi uchida o‘qilishi mumkin. Umumiy xotira aloqa qilishning 
juda tez usulini ta’minlaydi; bir jarayon bilan umumiy xotiraning 
hududiga yozilgan barcha ma’lumotlar mazkur hududni o‘zining 
manzil maydonida aks etgan boshqa jarayon tomonidan o‘sha zahoti 
o‘qilishi mumkin. Lekin sinxronlash maqsadida, umumiy xotira 
boshqa birorta aloqa mexanizmlari bilan birgalikda foydalanilishi 
kerak. Umumiy xotiradagi obyekt umumiy xotiradagi hududlar uchun 
faylni chiqarish maqsadida foydalaniladi; xuddi shunday fayl xotirada 
aks ettiriladigan hududdan ma’lumotlarni chiqarish uchun ishlatiladi. 
Umumiy xotiraga aks ettirishlar sahifalar buzilishlarini ajratiladigan 
obyekt band qilingan xotiraning hududiga qayta yo‘naltiradi. 
Ajratiladigan obyektlar o‘z ichidagilarni esida qoldiradi, xattoki 
mazkur onda xech qanday jarayonlar ularni o‘zining virtual xotira 
maydonida aks ettirilmayotgan bo‘lsa ham. 
Linux da tarmoqning tuzilishi 
Tarmoqda ishlash – buLinux da funksionallikning eng muhim 
sohasidir. Linux ning tarmoq tizimi UNIX – UNIX aloqalari uchun 
asosiy Internet-protokollarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, u 
UNIX bo‘lmagan operatsion tizimlarga xos protokollarni, xususan, 
Appletalk va IPX kabi kompyuter tarmoqlarida ishlatiladigan 


361 
protokollarni qo‘llaydi. Linux tarmoq tizimi abstraksiyaning uch 
darajasida amalga oshiriladi: 
 
soket interfeysi; 
 
drayverlar protokollari; 
 
tarmoq qurilmalari drayverlari.
Linux da tarmoq protokollarining eng muhim to‘plami – bu 
Internet protokollari to‘plami. Linux tarmoq tizimi tarmoqning barcha 
qismlarida turli mashinalar o‘rtasida mashrutlashni ta’minlaydi. 
Mashrutlash protokolini yuqori darajasida UDP, TCP va ICMP 
protokollar qo‘llaniladi.

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling