U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Sahifali xotira afzalliklari va kamchiliklari


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Sahifali xotira afzalliklari va kamchiliklari 
Almashtirishning 
afzalliklari 
va 
kamchiliklari 
ro‘yxati 
quyidagicha: 
 Sahifali xotira tashqi bo‘linishni kamaytiradi, ammo baribir 
ichki bo‘linishdan aziyat chekmoqda. 
 Sahifali xotira oson amalga oshiriladi va xotirani 
boshqarishning samarali usuli hisoblanadi. 
 Bir xil o‘lchamdagi sahifalar va kadrlar tufayli, almashish 
juda oson. 
 Sahifalar jadvali qo‘shimcha xotira maydonini talab qiladi, 
shuning uchun u operativ xotirasi kichik bo‘lgan tizim uchun mos 
kelmasligi mumkin. 
Sahifalar jadvallarini amalga oshirish 
Assotsiativ (kesh) xotiradan foydalanish. Sahifalar jadvali – bu 
fizik xotiraning uzluksiz qismi. Tizimda sahifalar jadvaliga 
ko‘rsatuvchi va uning uzunligini saqlovchi sahifalar jadvalining 
bazaviy registri (page table base register – PTBR) mavjud. Shunday 
qilib sahifalar ko‘rinishda tashkil etilganida xotiradan foydalanishning 
barcha hollarida xotiraga amalda bir marta emas, balki ikki marta 
murojaat etish talab etiladi – birinchisi sahifalar jadvaliga, ikkinchisi 
bevosita ma’lumotlar yoki buyruqga. Bu holatda xotiraning 
boshqarishni soddaroq usullariga nisbatan ma’lum kamchiligi va 
sahifali tashkil etishni samarasizligidir. Yorliqli arxitekturali 
tizimlarda, 
masalan 
“Elbrus”, 
sahifalar 
jadvali 
registrida 
(foydalanuvchining sahifalar jadvali registri – FSJR) sahifalar 
jadvalining deskriptori mavjud va unda uning manzilidan tashqari 
uzunligi ham bor. Ikki murojaat muammosi sahifalarning assotsiativ 
xotirasi (cache), yoki boshqacha nomlanganda translyatsiya manzillari 
buferi (translation lookaside buffer – TLB)ni kiritish yo‘li bilan hal 
etiladi. Assotsiativ xotira mazmunan – bu (sahifa raqami, kadr raqami) 


119 
turdagi juftlarning assotsiativ ro‘yxati. Uning ishlash tezligi asosiy 
xotira va registrlarga nisbatan anchagina yuqoriroq. Assotsiativ 
xotiradan foydalanish bilan manzillar translyatsiyasi sxemasi 
o‘zgaradi: agar mantiqiy manzildagi sahifaning raqami assotsiativ 
xotirada topilsa, u holda uning elementidan kadrning tegishli raqami 
chiqariladi. Agarda sahifaning raqami assotsiativ xotirada bo‘lmasa, u 
oddiy tarzda sahifalar jadvalidan olinadi, lekin assotsiativ xotiraga 
kiritiladi. Shunday qilib assotsiativ xotirada eng ko‘p foydalaniladigan 
sahifalar to‘g‘risida axborot yig‘ilib boriladi. TLB dan foydalanilgan 
holda manzillarni translyatsiya qilish modifikatsiyalangan sxemasi 
3.18- rasmda tasvirlangan. 
3.18- rasm. Assotsiativ xotiradan foydalalanib manzillarni 
translyatsiya qilish sxemasi 


120 
TLB dan foydalanilgan holda xotiraga murojaat etishning 
o‘rtacha vaqtini baholash.
Taxmin qilaylik – assotsiativ qidiruv o‘rtacha vaqtning α 
birligini talab etadi. Xotira siklini 1 deb qabul qilamiz. Yana bir 
ko‘rsatkichni kiritamiz – 0 dan 1 gacha (hit ratio), u sahifaning raqami 
necha marta (o‘rtacha) TLB da topiladi – sahifa raqamining 
assotsitativ xotirada bo‘lishining empirik ehtimolligi. Murojaat 
vaqtining matematik kutilishini hisoblaymiz - Effective Access Time 
(EAT). Sahifa raqami TLB da topilmaslik ehtimolligi 1 ga teng. 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling