U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- POP va IMAP
- Post Office Protocol, version 3 – POP3
SMTP - Simple Mail Transfer Protocol Haqiqiy pochta o‘tkazmasi xabarlarni uzatish agentlari (MTA) orqali amalga oshiriladi. Pochta xabarini yuborish uchun tizimda MTA mijozi bo‘lishi kerak va pochtani olish uchun tizimda MTA serveri bo‘lishi kerak. MTA mijozi va Internetdagi serverni belgilaydigan rasmiy protokol SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) - oddiy pochta uzatish protokoli deb nomlanadi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, eng ko‘p tarqalgan vaziyatda (to‘rtinchi senariy) MTA mijozlariga xizmat ko‘rsatuvchi ikkita juft dastur ishlatiladi. 7.15- rasmda ushbu senariyda SMTP protokoli oralig‘i ko‘rsatilgan. 7.15- rasm. SMTP oralig‘i SMTP ikki marta, yuboruvchi va jo‘natuvchining pochta serverlari o‘rtasida va ikkala pochta serverlari o‘rtasida ishlatiladi. Pochta serveri va qabul qiluvchi o‘rtasida boshqa protokol talab qilinadi. SMTP oddiygina buyruqlar va javoblar qanday qilib u yoki bu foydalanuvchiga yuborilishini belgilaydi. Har bir tarmoq joriy etish uchun dasturiy paketni erkin tanlaydi. POP va IMAP Hozirda xabarlarga kirishning ikkita protokoli mavjud: Post Office Protocol version 3 (POP3) va Internet Mail Access Protocol, version 4 (IMAP4 - Internet-pochtaga kirish protokoli, 4-versiya). Aziza Bobur Internet Mail Server Mail Server LAN yoki WAN LAN yoki WAN 251 7.16- rasmda ushbu ikkita protokolning eng keng tarqalgan vaziyatdagi holati ko‘rsatilgan (to‘rtinchi senariy). 7.16- rasm. POP3 va IMAP4 Post Office Protocol, version 3 – POP3 Post Office Protocol, version 3 (POP3) sodda va cheklangan. Mijoz POP3 dasturi qabul qiluvchining kompyuteriga o‘rnatiladi; server POP3 dasturi pochta serveriga o‘rnatilgan. Foydalanuvchi o‘z elektron pochtasini pochta serveridagi pochta qutisidan yuklab olishi kerak bo‘lganda mijoz dasturining pochtaga kirishi orqali jarayon boshlanadi. Mijoz TCP 110 portidagi serverga ulanishni ochadi. Keyin pochta qutisiga kirish uchun foydalanuvchi nomi va parolini yuboradi. Keyin foydalanuvchi pochta xabarlarini ketma-ket ro‘yxatlashi va foydalanishi mumkin. 7.17- rasmda POP3 dan foydalanib pochta xabarlarini yuklab olish misoli keltirilgan. Mail Server Mail Server Internet LAN/WAN LAN/WAN / Aziza Bobur 252 7.17- rasm. POP3 protokolimisoli POP3 ikkita rejimga ega: o‘chirish va saqlash rejimlari. Ochirish rejimida, har bir qabul qilishdan so‘ng, pochta qutisidan xabar o‘chiriladi. Saqlash rejimida pochta (xabar) qabul qilinganidan keyin pochta qutisida qoladi. O‘chirish rejimi odatda foydalanuvchi doimiy kompyuterida ishlayotganda foydalaniladi va o‘qigan yoki javob bergandan so‘ng qabul qilingan xabarlarni saqlash va tartiblashi mumkin. Odatda, foydalanuvchipochtasigaasosiykompyuteridan (masalan, noutbuk) uzoqdakirganda, saqlashrejimidanfoydalaniladi. Pochta o‘qiladi, lekin keyinchalik uni olish va tashkillashtirish uchun tizimda saqlanadi. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling