U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Windows 7 operatsion tizimi tuzilishi
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilma abstraksiyasi darajasi
- Qurilma drayverlari
- Oynalar va grafik tizim
- Kiritish/chiqarish
Windows 7 operatsion tizimi tuzilishi
9.7- rasm. Windows 7 operatsion tizimining umumiy tuzilishi 9.7- rasmda Windows 7 operatsion tizimining umumiy tuzilishi ko‘rsatilgan, Windows ning NT ga asoslangan barcha versiyalari ushbu ma’lumot darajasida bir xil tuzilishga ega. Deyarli barcha K onfi gura ts iy a m e n e je ri P lug a n d P la y m e n e je ri X a vfs iz lik ma 'lu m ot i m e n e je ri Yadro rejimidagi chaqiriladigan interfeyslar S VChost.exe Winmgmt.exe Keshlash Services.exe Xizmat jarayonlari Tizimni qo‘llash jarayonlari Xizmatni boshqarish menejeri Lsass Winlogon Seans menejeri Quyi tizimvositalari POSIX Win32 Vazifa menejeri Win Explorer Ilovalar Foydalanuvchi ilovalari DLL quyi tizimi Tizim oqimlari Ntdll.dll Tizim xizmati menejeri Foydalanuvchi rejimi Yadro rejimi K/Ch menejeri F a y l t iz im i ke sh i O bye kt m e n e je ri Q uvv at m en ej er i Y adr o V irt u a l xot ira J a ra yon va oqi m la r L oka l prot se dur a c ha q iri g' i Qurilma va fayl tizimi drayverlari Win32 USER, GDI Grafika drayverlari Yadro Hardware abstraction layer (HAL) 368 operatsion tizimlarda bo‘lgani kabi, Windows amaliy dasturlarni asosiy OT dasturiy ta’minotidan ajratadi. Bajaruvchi yadro, qurilma drayverlari va apparat abstraktsiyasi qatlamini o‘z ichiga olgan xat yadro rejimida ishlaydi. Yadro rejimi dasturi tizim ma’lumotlari va qo‘shimcha qurilmalarga kirish huquqiga ega. Foydalanuvchi rejimida ishlaydigan qolgan dasturiy ta’minotlar, tizim ma’lumotlariga cheklangan kirish huquqiga ega. Windows yuqori modulli arxitekturaga ega. Har bir fayl tizimining funksiyasi faqat bitta OT komponenti tomonidan boshqariladi. Qolgan OT va barcha dasturlar ushbu funksiyaga standart interfeyslardan foydalangan holda javobgar komponent orqali kirishadi. Tizimning kalit ma’lumotlariga faqat tegishli funksiyalar orqali kirish mumkin. Umuman olganda, har qanday modul, butun tizimni yoki uning standart dasturiy interfeyslarini qayta yozmasdan olib tashlanishi, yangilanishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Windows yadro rejimining komponentlari quyidagilardan iborat: Bajaruvchi (executive): Xotirani boshqarish, jarayonlar va oqimlarni boshqarish, xavfsizlik, kiritish/chiqarish, va jarayonlararo aloqa kabi operatsion tizimning asosiy xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Yadro (kernel): Protsessorlarning ishlashini boshqaradi. Yadro oqimlarni rejalashtirishni, jarayonlarni almashtirishni, istisnolar va uzilishlarni qayta ishlashni, hamda ko‘pprotsessorli sinxronlashni boshqaradi. Qolgan bajaruvchi va foydalanuvchi darajalaridan farqli ravishda, yadro o‘z kodi oqimlarda ishlamaydi. Qurilma abstraksiyasi darajasi (Hardware abstraction layer - HAL): Umumiy qurilma buyruqlari va javoblar va ma’lum bir platformaga xos bo‘lgan xaritalar. U OTni platformadagi maxsus qurilma farqlaridan ajratib turadi. HAL tufayli har bir kompyuterning tizim shinasi, xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish (DMA) kontrolleri, uzilishlar kontrolleri, tizim taymerlari va xotira kontrolleri, bajaruvchi (Execution) va yadro komponentlari uchun bir xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, SMP uchun zarur bo‘lgan yordamni taqdim etadi. Qurilma drayverlari (device drivers): bajarish funksiyasini kengaytiradigan dinamik kutubxonalar. Bunga foydalanuvchi kiritish/chiqarish funksiyasi chaqirig‘ini ma’lum qurilma vositalariga kiritish/chiqarish so‘rovlari va fayl tizimlarini, tarmoq protokollarini va yadro rejimida ishlashi kerak bo‘lgan boshqa har qanday tizim 369 kengaytmalarini amalga oshirish uchun dasturiy ta’minot qismlarini tarjima qiladigan qurilma vositalari drayverlari kiradi. Oynalar va grafik tizim (Windowing and graphic system): GUI funksiyalarini bajaradi, masalan, oynalar bilan ishlash, foydalanuvchi interfeysini boshqarish va chizish. Windows bajaruvchisi maxsus tizim komponentlarini o‘z ichiga oladi va foydalanuvchi rejimi dasturi uchun API ni taqdim etadi. Quyida har bir boshqaruv modulining qisqacha tavsifi keltirilgan: Kiritish/chiqarish Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling