U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

xizmat ko‘rsatish vazifasini bajaradi.
2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida 
yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil 
qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, 
iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari 
o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi.
3. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan 
mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil 
qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish 
vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya 


217 
intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lish tizimi, turli soliqlar undirib 
olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Moliya tizimi o‘z ichiga turli darajadagi budjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk 
va shaxsiy sug‘urta fondlarini, davlatning valuta zahiralarini, korxona va 
firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus 
pul fondlarini oladi.
Eng avvalo, korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan 
farqlash lozim.
Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida 
hamda alohida fondlar yaratish yo‘li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga 
xizmat qiladi. 
Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy sug‘urta fondini hamda davlat 
mol-mulkiy va shaxsiy sug‘urtasi fondini o‘z ichiga oladi. Davlat pul 
mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat budjeti moliya 
tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlat budjeti – bu davlat 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling