U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida 
hisoblanadi. 
%.
100


soni
kuchi
Ishchi
soni
Ishsizlar
darajasi
Ishsizlik
Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini 
ham hisobga olish zarur bo‘ladi. Chunki ishsizlikning o‘zi haddan tashqari yuqori 
darajasi bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari ishlab chiqarilmagan mahsulot bilan 
taqqoslanib baholanadi. Iqtisodiyot ishlashni xohlagan va ishlay oladigan barcha 
uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo‘lmasa mahsulot ishlab 
chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmining 
orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YAIMning potensial YAIMdan 
kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
YAIM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi.
Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va 
YAIM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. 
Bu nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo‘lib, agar 
ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo‘lsa, 
YAIM hajmining orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko‘rsatadi.
Ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi potensial hajmidan ortib 
ketishi ham mumkin. Bunday hol ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ham past 
bo‘lgan davrlarda ro‘y beradi. Ishlab chiqarishga ishchilarning qo‘shimcha 
smenalarini jalb qilish, kapital uskunalardan o‘rnatilgan normativdan yuqori 
darajada foydalanish, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o‘rindosh ishlarda band 
bo‘lish kabilar buning asosiy sabablaridir.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling