U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Erkin savdo (fritrederlik) siyosati


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Erkin savdo (fritrederlik) siyosati proteksionizm siyosatining aksi bo‘lib, 
tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan. Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini 
o‘sishiga olib keluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning 
ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. 
Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi. 
Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon 
bo‘ladi. Eksportni tartiblash tashkiliy va kredit-moliyaviy usullar yordamida uni 
rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. Eksportni rag‘batlantirishning tashkiliy 
usullariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- eksport qiluvchilarga axborot va maslahat berish xizmatlarini ko‘rsatiuchun 
maxsus bo‘linmalarni tashkil etish
- savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok etishi; 
- tashqi savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashuv; 
- xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmalar tashkil etishda yordam ko‘rsatish; 
- milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va h.k. 
Eksportni rag‘batlantirishning kredit-moliyaviy usullari quyidagilardan 
iborat: 
- eksportga tovarlar yetkazib berishni subsidiyalash; 
- eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarini berish va xususiy kreditlar 
berilishini rag‘batlantirish; 
- xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug‘urtalash; 
- eksportdan olinuvchi foydadan soliq to‘lashdan ozod etish va h.k. 
Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali 
cheklashdan iborat. Asosiy tarifli to‘siq sifatida bojxona bojlarini keltirish 
mumkin. 
 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Eksport – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur 
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. 


297 
Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni 
mamlakatga kiritish. 
Reeksport – qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlarni 
o‘z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun sotib 
olishi. 
Reimport – iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling