298
20-BOB. XALQARO VALUTA TIZIMI VA VALUTA KURSI
Ushbu bobda xalqaro munosabatlarning moliyaviy yoki valutaga oid
tomonlari bayon etiladi. Bunda dastlab valuta munosabatlari va hozirgi zamon
valuta tizimi asoslari ko‘rib chiqiladi. So‘ngra mamlakatning to‘lov balansi, uning
tarkibi va taqchilligi muammolari o‘rganiladi. Bobning
yakunida xalqaro vayuta-
kredit munosabatlari, valuta tizimi, valuta
kursi va valuta siyosati, ularga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar bayon etiladi.
1. Xalqaro valuta-kredit munosabatlari va valuta tizimlari
Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy
aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar,
qarzlar va subsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash,
turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro
valuta-kredit munosabatlari deb ataladi. Xalqaro valuta-kredit munosabatlari
pulning xalqaro to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi.
Valuta
– bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so‘m, dollar, funt sterling va h.k.). Har
bir milliy bozor o‘zining milliy valuta tizimiga ega bo‘ladi. Bunda milliy va
xalqaro valuta tizimini farqlash zarur.
Milliy valuta tizimi – valuta
munosabatlarining milliy qonunchilik
bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda
tashkil qilinish shaklini ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi:
-
milliy pul birligi;
-
valuta kursi tartibi;
-
valutaning muomalada bo‘lish shart-sharoitlari;
-
valuta bozori va oltin bozori tizimi;
-
mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;
-
mamlakat oltin-valuta zahirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi;
-
mamlakat valuta munosabatlarini tartibga
soluvchi milliy muassasalar
mavqei.