U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


To‘lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

To‘lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va 
davlat) va chet elliklar o‘rtasida ma’lum vaqt (odatda bir yil) oralig‘ida 
amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan 
yozuvi. 
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar
ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat 
rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlardan iborat. 
Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo‘ladi va shu sababli to‘lov balansida ikki 
tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to‘lov balansining debet va 
kredit qismlarida o‘z ifodasini topadi. 
Kredit – qiymatning mamlakatdan chiqib ketishi bo‘lib, uning hisobiga 
mazkur mamlakat rezidentlari chet el valutalarida qoplovchi to‘lovlar ekvivalentini 
oladi. Debet – qiymatning mazkur mamlakatga kirib kelishi bo‘lib, uning hisobiga 


302 
rezidentlar chet el valutalarning sarflaydi. To‘lov balansida kreditlar umumiy 
summasi debetlarning umumiy summasiga teng bo‘lishi zarur. 
To‘lov balansidagi barcha bitimlar o‘z ichiga joriy va kapital bilan 
operatsiyalarni olishi sababli, u uchta tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi (1-jadval): 
1) joriy operatsiyalar hisobi
2) kapital harakati hisobi; 
3) rasmiy zahiralarning o‘zgarishi. 
1-jadval.
To‘lov balansining tuzilishi. 
I. Joriy operatsiyalar hisobi 
1. Tovar eksporti 
2. Tovar importi 
Tashqi savdo balansi qoldig‘i 
3. Xizmatlar eksporti
(chet el turizmidan daromadlar va h.k. - 
kreditli xizmatlar) 
4. Xizmatlar importi
(turizm uchun chet elga to‘lovlar va h.k. 
- kreditli xizmatlar) 
5. Investitsiyalardan sof daromadlar (kreditli xizmatlardan sof daromadlar) 
6. Sof transfertlar 
Joriy operatsiyalar bo‘yicha balans qoldig‘i 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling