U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


-jadval.   YAIMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo‘yicha yondashuv


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

5-jadval. 
 YAIMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo‘yicha yondashuv 
Milliy mahsulot hajmini sarflar 
summasi bo‘yicha hisoblash 
Milliy mahsulot hajmini daromadlar 
summasi bo‘yicha hisoblash 
1. Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari 

1. Daromad bilan bog‘liq bo‘lmagan sarf 
va to‘lovlar 
a) amortizatsiya, b) egri soliqlar 

2. Tadbirkorlarning investitsion sarflari 

2. Ish haqi 

3. Tovar va xizmatlarning davlat xaridi 

3. Renta to‘lovlari 

4. Chet elliklar sarfi 

4. Foiz 

5. Notijorat muassasalari sarfi 

5. Foyda 
6. Moddiy aylanma vositalar 
zahirasidagi o‘zgarishlar 
YAIM 
YAIM 
YAIMni hisoblashda uning tarkibiga kirgan daromadlar va daromad bilan 
bog‘liq bo‘lmagan sarflar (amortizatsiya va egri soliqlar) ning alohida turlarini 
to‘laroq qarab chiqamiz. 
Amortizatsiya ajratmasi shu yil ishlab chiqarilgan mahsulot (YAIM) qiymati 
tarkibiga ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kirib, mahsulot sotilishi natijasida pul 
shaklida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hisobida to‘planib boradi.


148 
Egri soliqlar korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlari sifatida chiqadi va shu 
sababli mahsulot narxiga qo‘shiladi. Bunday soliqlar o‘z ichiga aksiz to‘lovlari, 
sotishdan olinadigan soliqlar, mulk solig‘i, litsenziya va bojxona to‘lovlarini oladi. 
Daromadlarning eng muhim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan 
ishchi kuchini taqdim qilganlarga to‘lanadi. U ish haqiga ko‘plab qo‘shimchalar, 
ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va nafaqa ta’minotining har xil xususiy fondlari, 
ishsizlik nafaqalari va boshqa har xil mukofot hamda imtiyozlarlarni o‘z ichiga 
oladi. Ish haqiga bu qo‘shimchalar ish kuchini yollash bilan bog‘liq bo‘lgan 
xarajatining bir qismi sifatida chiqadi va shu sababli korxonaning ish haqi 
to‘lashga umumiy sarflarining tarkibiy qismi sifatida qaraladi. 
Renta to‘lovlari iqtisodiyotni resurslar (kapital, yer) bilan ta’minlovchi uy 
xo‘jaliklarining oladigan daromadi hisoblanib, korxona xarajatlari tarkibiga
kiradi. 
Foiz pul kapitali egalariga pul dapomadi to‘lovlaridan iborat. Bunda davlat 
tomonidan amalga oshiriladigan foizli to‘lovlar, foizli daromadlar tarkibidan 
chiqariladi. 
Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga bo‘linadi: bir qismi mulkga 
daromad va boshqa qismi esa korporasiyalar foydasi deyiladi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling