U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
Asosiy tayanch tushunchalar Makroiqtisodiyot – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Milliy hisoblar tizimi – milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimi. Yalpi milliy mahsulot (YAMM) – milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati. 149 Sof milliy mahsulot (SMM) – amortizatsiya ajratmalari summasiga kamaytirilgan YAIM sifatida chiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan iborat bo‘ladi. Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo‘lib, SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo‘liga kelib tushadigan ijtimoiy to‘lovlar summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Nominal YAIM – joriy narxlarda hisoblangan YAIM. Real YAIM – narxlarning o‘zgarishini hisobga olib, o‘zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YAIM. Qo‘shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar. Pirovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo‘lgan mahsulotlar. Xufyona iqtisodiyot – YAIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling