150
4. YAIM va SMM bir-biridan nima bilan farqlanadi?
SMM va milliy
daromad-chi?
5. Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering.
6. YAIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat.
7. Nominal va real YAIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini
ko‘rsating.
8. Agar joriy yildagi nominal YAIM hajmi 300 trln. so‘mga, narx indeksi 1,5
ga teng bo‘lsa, real YAIM hajmi qancha bo‘ladi? Agar narx indeksi 0,8
ga teng
bo‘lsa-chi?
9. Takroriy hisob, qo‘shilgan qiymat, oraliq mahsulot
va pirovard mahsulot
tushunchalarini izohlab bering.
10. Sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichining mohiyati hamda hisoblash
tartibini tushuntirib bering.
151
10-BOB. ISTE’MOL, JAMG‘ARMA VA INVESTITSIYA
NAZARIYALARI
Milliy mahsulot harakat shakllari ichida milliy daromad ahamiyatli o‘rin tutib,
u aholi farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu bobda milliy daromad tarkibiy qismlari
tahlili davom ettirilib, uning
iste’mol hamda ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadigan qismi bo‘lgan
jamg‘arishning iqtisodiy mazmunini qarab chiqiladi.
Ularning darajasini
aniqlovchi asosiy omillarni ko‘rsatib beriladi. Shu bilan birga shaxsiy daromadning
iste’moldan ortiqcha boshqa qismi – jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni va
omillarini ko‘rsatib berishga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: