U yu. O„roqov
Tender natijalari bo„yicha shartnoma tuzish
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма
9.4.Tender natijalari bo„yicha shartnoma tuzish
Tender natijalari bo‗yicha shartnoma tender bo‗yicha xarid qilish hujjatlarida va shartnoma tuzilayotgan tender ishtirokchisi tomonidan berilgan taklifda ko‗rsatilgan shartlar asosida tuziladi. G‗olib shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga zakalat summasi qaytarib berilmaydi. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‗olib aniqlangan bo‗lsa, shartnoma tuzish va unga doir majburiyatlarni bajarish huquqi zaxiradagi g‗olibga o‗tadi. Bunda zaxiradagi g‗olib g‗olib tomonidan taklif etilgan narxda (bundan zaxiradagi g‗olib taklif etgan narx g‗olib tomonidan taklif etilgan narxdan past bo‗lgan hollar mustasno) shartnoma tuzadi yoki shartnoma tuzishdan 99 bosh tortishi mumkin. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi g‗olib aniqlanmagan bo‗lsa yoki zaxiradagi g‗olib shartnoma tuzishdan bosh tortsa, davlat buyurtmachisi yangi tender o‗tkazadi. Tender natijalari bo‗yicha tuzilgan shartnoma to‗g‗risidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga u tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi. Nazorat uchun savollar 1. Qanday xaridlar tender orqali amalga oshiriladi? 2. Tender o‗tkazish mezonlari nimalardan iborat? 3. Tender vositasidagi davlat xaridi qanday shartlar bir vaqtning o‗zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi? 4. Tender o‗tkazishda kamida necha nafar a‘zodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi? 5. Tender o‗tkazilishi to‗g‗risidagi e‘lon davlat buyurtmachisi tomonidan qachon maxsus axborot portaliga joylashtiriladi? 6. Tender o‗tkazilishi to‗g‗risidagi e‘londa qanday axborotlar bo‗lishi kerak? 7. Tender hujjatlarida nimalar bo‗lishi kerak? 8. Tender ishtirokchilari qanday tartibda takliflarini beradilar? 9. Tender ishtirokchilarining takliflarini ko‗rib chiqish va baholash qancha muddat ichida amalga oshiriladi? 10. Tender komissiyasi kimning tegishli qarori bilan tuziladi va tarqatib yuboriladi? 11. Tender ishtirokchisi nechta taklif berishga haqli? 12. Kamida nechta taklif kelib tushgan bo‗lsa tender o‗tkazilgan deb topiladi? 13. Takliflarni ko‗rib chiqish va baholash bayonnomasida qanday axborot bo‗lishi lozim? 14. Tender natijalari bo‗yicha shartnoma qanday shartlar asosida tuziladi? 15. Tender yakunlari bo‗yicha shartnomalarni ijro etish qanday tartibda amalga oshiriladi? 16. Tender g‗olibi tender shartlari asosida shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda nima qilinadi? 100 Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling