U yu. O„roqov


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/94
Sana20.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1216070
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94
Bog'liq
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма

Aralash modelda esa, xaridlarni davlat buyurtmachisi va 
ixtisoslashgan tashkilot bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Masalan, 
O‗zbekistonda buyudjet tashkilotlari tovar(ish,xizmat)larga buyurtma 
berganda O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‗aznachiligi ushbu 
tovar(ish,xizmat)lar 
uchun 
mablag‗lar 
ko‗zda 
tutilganligi, 
buyurtmachining hisob raqamda yetarlicha mablag‗ mavjudligini 
tasdiqlaganidan so‗ng, e‘lon beriladi. Yoki, tender savdolarida va 
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bazaviy hisoblash 
miqdorining yigirma besh ming (byudjet buyurtmachilari uchun olti ming) 
baravari miqdoridan oshgan hollarda davlat xaridiga doir texnik 
topshiriqlar qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertiza uchun 
Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni 
qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini 
kompleks ekspertiza qilish markazi» davlat unitar korxonasiga yuboriladi. 
Xarid boʼyicha eʼlon faqat davlat xaridiga doir texnik topshiriq boʼyicha 
Kompleks ekspertiza qilish markazining ijobiy xulosasi olinganidan keyin 
joylashtiriladi. 
Xaridlarni aralash modelda amalga oshirishning qator afzalliklari 
mavjud. Masalan: 

aralash modelda mablag‗larni samarasiz va noqonuniy sarflashning 
oldi olinadi; 

vazirlik yoki yuqori turuvchi organlar tomonidan tashkil etilgan 
maxsus komissiya tarkibidagi yuqori malakali mutaxassislar sotib 
olinayotgan tovar (ish,xizmat)ning sifati, yaroqligi yoki yetkazib 
beruvchining ishonchliligini o‗rganib, so‗ngra buyurtma beradilar; 
58 
 

xarid qilinayotgan tovar (ish,xizmat)lar bo‗yicha joriy nazoratni 
am alga oshirilish ta‘minlanadi va h.k. 
Aralash modelning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham 
mavjud. Masalan: 

aralash modelda mas‘ul yoki ixtisoslashgan tashkilotdan ruxsat 
olish muddati ba‘zan cho‗zilishi oqibatida xarid qilish kechikishi mumkin; 

ushbu modelda buyurtmachi, ixtisoslashgan tashkilot va maxsus 
axborot portal operatorlari o‗rtasida electron hujjat aylanish yo‗lga 
qo‗yilgani bois, ba‘zan uzoq tumanlarda elektr ta‘minoti, dasturdagi texnik 
va internet tezligi bilan bog‗liq muammolar xarid qilishda noqulayliklar 
ham tug‗dirishi mumkin va h.k. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling