U yu. O„roqov
Davlat xaridi tizimidagi munozabatlarni tartibga soluvchi xalqaro
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма
3.2. Davlat xaridi tizimidagi munozabatlarni tartibga soluvchi xalqaro qonunchilik Davlat xaridlari munos abatlarni tartibga soluvchi eng asosiy xalqaro meyoriy hujjat bu BMT xalqaro savdo huquqi bo‗yicha Komissiyasining (YUNSITRAL) ommaviy xaridlar bo‗yicha namunaviy “Tovarlar va xizmatlarni sotib olish to„g„risida” Qonunidir. Ushbu qonun 1994 yil BMTning xalqaro savdo huquqi Komissiyasining 27-sessiyasida qabul qilingan bo‗lib, u bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat va jamoat uchun xaridni amalga oshirish buyicha xalqaro qoidalarini o‗zida mujassamlashtiradi. Mazkur Qonun bozor iqtisodiyotiga o‗tayotgan davlatlarda, xususan, Sharqiy Evropa mamlakatlarida davlat xaridlarini tashkil etish bo‗yicha namuna-shablon sifatida ishlab chiqilgan. Qonunning asosiy talablari va tamoyillarini bugungi kunda nafaqat Evropa mamlakatlari, balki Osiyo davlatlari ham xarid tizimlarida keng qo‗llamoqdalar. Qonunda xarid tizimida sog‗lom raqobatni rivojlantirish, davlat xaridini amalga oshirishda etkazib beruvchilarga nisbatan adolatli munosabatda bo‗lish, xarid jaryonini ochiqliligi, oshkoraligi hamda obyektivligini ta‘minlash alohida qayd etib o‗tilgan. Mazkur hujjatning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: 1. Ochiqlilik va shaffoflik – xarid to‗g‗risida yozma shakldagi hisobot yuritilishi hamda sotib olinadigan tovar (ish, xizmat) haqida oldindan ommaviy e‘lon qilish; 2. Malakaviy talab – etkazib beruvchilarga qo‗yilgan malakaviy talablarni tartibga solish, ular malakasini aniqlash mezonlari va tartibi, qo‗yilgan talabni xarid bo‗yicha e‘lon bilan bir vaqtda ma‘lum qilish; 3. Xaridni amalga oshirish shaklini ma‟lum qilish – xaridlar ochiq yoki yopiq shaklda amalga oshirilishi, tanlovlar bir yoki ikki bosqichda bo‗lishi ishtirokchilar e‘tiboriga oldindan ma‘lum qilish; 52 4. Takliflarni ko„rib chiqish va baholash tartibidan xabardor qilish – savdolarda ishtirok etmoqchi bo‗lgan ishtirokchilarni bildirilgan takliflarni ko‗rib chiqish va saralash mezonlari hamda g‗olibga qo‗yilgan talablar bilan oldindan xabardor qilish; 5. Munozaralarni hal etish – davlat xaridi bo‗yicha savdolarni tashkil etish, o‗tkazish, shartnoma tuzish va shartnomani bajarish bo‗yicha yuzaga keladigan munozaralar, nizolar, fors-major holatlarni hal qilsh tatibi bilan ishtirokchilar oldindan tanishtirilgan bo‗lishi lozim. Davlat xaridlari munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro meyoriy hujjatlardan yana biri Xalqaro savdo tashkiloti tomonidan 1994 yilda ko‗p tomonlama savdo muzokaralarining Uruguvay raundida qabul qilingan Hukumat xaridi bo‗yicha Kelishuvdir. U Savdo va tariflar buyicha umumiy shartnomaning (GATT) muhim elementi hisoblanadi va Xalqaro savdo tashkilotiga (XST) ishtirok etish doirasida mamlakatlar tomonidan imzo chekiladi. Hukumat xaridi bo‗yicha Shartnomani imzolash XSTga kirishning sharti hisoblanmasa-da, ammo keyingi yillarda XSTning yirik ishtirokchilari bo‗lgan AQSh, Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Kanada, Isroil, Yaponiya, Shveytsariya kabi mamlakatlar nomzod mamlakatlar uchun ushbu hujjatni imzolanishini ikki yoqlama muzokoralarning sharti sifatida qo‗ymoqdalar. Shartnoma milliy davlat xaridi bozorini uni imzolgan mamlakatlardagi tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchilar uchun ochib berishi, hamda xorijiy mol etkazib beruvchilarni milliy mol etkazib beruvchilar bilan bir xil shartlar asosida faoliyat yuritishiga imkon berishini nazarda tutadi. Mazkur hujjatdan ko‗zda tutilgan asosiy maqsad, xalqaro savdoni rivojlantirish, xorijiy mol etkazib beruvchilarni diskriminatsiya qilishni oldini olish, xarid jarayonini tartibga soluvchi qonunchilikni ochiqligini ta‘minlashdan iborat. Ushbu kelishuvga muvofiq, davlat buyurtmachisi alohida olingan mol etkazib beruvchiga (milliy belgisiga ko‗ra) davlat buyurtmasini olishda imtiyozli sharoit yaratib bermasligi lozim. Shuningdek, sotib olinadigan tovarlarga xalqaro savdoni chegaralovchi texnik talablar qo‗yilmasligi yoki tovarlar va xizmatlarga qo‗yiladigan barcha texnik talablar xalqaro me‘yorlar asosida bo‗lishi shart 33 . Ma‘lumki mamlakatimizda bir qator xalqaro moliyaviy institutlar bilan o‗zaro hamkorlikda bir necha ijtimoiy-iqtisodiy loyilar 33 Burxonov U.A., Atamuradov T.T. ―Davlat xaridi‖ O‗quv qo‗llanma. Fan va texnologiya - 2012 yil. B-19 53 moliyalashtirilib kelinmoqda. Mamlakatimiz davlat xaridi tizimida biror loyihani moliyalashtirishda xalqaro moliyaviy institutlar mablag‗lari jalb etilgan bo‗lsa, bunda xalqaro moliyaviy institutlarining yo‗riqnoma va nizomlari huquqiy jihatdan ustunlik qiladi. Bir qancha xalqaro moliyaviy tashkilotlar xarid haqidagi umumiy qoidalar bilan bir qatorda, faqatgina xizmatlarni xarid etishga taalluqli bo‗lgan alohida yo‗riqnoma va qoidalarga ham egadirlar. Masalan, Jahon bankining ―Jahon tiklanish va taraqqiyoti bankining (JTTB) qarzlari va Jahon rivojlanish assotsiatsiyasi (JRA) kreditlari hisobiga xarid‖ yo‗riqnomasi, ―Jahon banki qarzdorlarining maslahatchilarni tanlash va yollash‖, Jahon bankining namunaviy tender hujjatlari, Osiyo taraqqiyot bankining – ―Osiyo taraqqiyot banki va uning qarzdorlari tomonidan maslahatchilarni taklif etish bo‗yicha yo‗riqnoma‖ kabi hujjatlarga ega. ―Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) tomonidan moliyalashtiriladigan xarid loyihalari uchun qoida va prinsiplar‖ hujjati ham u bilan hamkorlik qilayotgan davlatlarda xarid tizimini moliyalashtirishda asosiy yuridik hujjat bo‗lib hisoblanadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling