U yu. O„roqov
-BOB. DAVLAT XARIDLARINI TASHKIL ETISH MODELLARI
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма
4-BOB. DAVLAT XARIDLARINI TASHKIL ETISH MODELLARI 4.1. Davlat xaridlarini tashkil etish modellari tashkiliy elementlari Har bir mamlakatning davlat xaridlari tizimi ma‘lum bir model asosida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarining xarid qilish modellarini umumlashtirsak, ular asosan, 3 xil ko‗rinishda ekanligini ko‗rishimiz mumkin: 1. Markazlashgan model; 2. Markazlashmagan model; 3. Aralash model. Xaridlarni markazlashgan modelda sotib olinishi lozim bo‗lgan tovar (ish,xizmat) uchun buyurtmalar maxsus vakolatli tashkilot yoki hukumatning ma‘lum bir tarkibiy bo‗linmasi (mahalliy hokimiyat, vazirlik, qo‗mita, agentlik va h.k) - tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalq ta‘limi vazirligi mamlakatdagi 10 mingdan ortiq maktablar uchun nashriyotlarga darsliklarga buyurtmani markazlashgan holda beradi. Yoki Sog‗liqni saqlash vazirligi quyi tibbiyot muassalari uchun dori-darmon, tibbiy diagnostika jihozlarini markazlashgan holda buyurtma berib, so‗ngra uni quyi bo‗linmalar ehtiyojidan kelib chiqib taqsimlab, yetkazib beradi. Ustavida davlat ulishi 50 % dan yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalar, masalan, ―O‗zbekneftgaz‖ AJ yoki ―Asakabank‖ AJning markaziy apparati qaysidir tovar (ish,xizmat) markazlashgan holda xarid qilib, so‗ngra quyi filiallarga yetkazib berishi ham bunga misol bo‗ladi. Markazlashgan modelda yuqori turuvchi organ (tashkilot) quyi tashkilotlardan ma‘lum bir tovar (ish,xizmat)ga ehtiyojlarni jamlab, yaxlit xaridga buyurtma beradi. Ayrim yirik davlat buyurtmachilarida faqat xaridlar bilan shug‗ullanuvchi maxsus bo‗linma (aksariyat aksionerlik jamiyatlari va kompaniyalarida xarid departamenti) shakllantiriladi. Xaridlarni markazlashgan modelda amalga oshirishning bir qator afzalliklari mavjud. Masalan: markazlashgan modelda yirik hajmdagi ulgurji buyurtma berilgani bois, sotib olinayotgan tovar (ish,xizmat) arzon narxda olinadi; vazirlik yoki yuqori turuvchi organlar tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiya tarkibidagi yuqori malakali mutaxassislar sotib olinayotgan tovar (ish,xizmat)ning sifati, yaroqligi yoki yetkazib beruvchining ishonchliligini o‗rganib, so‗ngra buyurtma beradilar; 56 katta hajmda buyurtma berilgani bois tovar (ish,xizmat)ning bir birligi uchun tashish, o‗rnatish, sug‗urta xarajatlari kam miqdorni tashkil etadi va h.k. Xaridlarni markazlashgan modelda amalga oshirishning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Masalan: markazlashgan modelda katta hajmda buyurtma berilgani bois yetkazib berilgan tovar (mahsulot)lar tarkibida yaroqsiz va sifatsizlari ham bo‗lishi mumkin. Buyurtmani qabul qilib olayotgan paytda har bir mahsulotni tekshirib olishning jismonan imkoniyati bo‗lmaydi (Maktab darsliklarida ayrim sahifalarning kesilmay qolganligi, kitoblar teskari yelimlanganligi, dori-darmonlar idishida meyordagidan kam miqdorda dorilarni bo‗lishi, kiyim-kechaklar o‗lchovi (razmeri)dan kichik yoki katta tikilishi kabi holatlar uchrab turadi); markazlashgan holda yuqori turuvchi organlar tomonidan xarid qilingan tovar (mahsulot)lar hammasi ham quyi bo‗linmalarning ehtiyojlariga mos kelavermasligi mumkin (masalan byudjet tashkilotlari komyuter jihozlari yoki stol-stul bo‗yicha yuqori turuvchi tashkilotga ehtiyojlarini bildirib, eng zamonaviy, qulay tovarni kutayotganlarida, ularga narxi arzonroq yoki foydalanishda ba‘zi noqulayliklar tug‗diradigan mahsulotlar berilishi kabi holatlar nazarda tutilmoqda). markazlashgan holda xaridlarni amalga oshirilganda odatda, quyi bo‗linmalarning ehtiyojlari umumlashtirilib, so‗ngra buyurtma beriladi. Qolaversa, buyurtma hajmi kattaligi bois zarur tovar(ish,xizmat)lar kechikib yetkazib berilishi mumkin va h.k. Xaridlarni markazlashmagan model asosida sotib olishda har bir davlat buyurtmachisi zarur tovar(ish,xizmat)larni belgilangan talablar va tartib – taomillar asosida mustaqil amalga oshiradilar. Masalan, har bir tuman moliya bo‗limi, har bir oliy ta‘lim muassasasi, har bir bank filiali o‗zlari uchun zarur bo‗lgan tovar(ish,xizmat)larni belgilangan qonunchilik talablari asosida o‗zlari xarid qilishlari mumkin bo‗ladi. Xaridlarni markazlashmagan modelda amalga oshirishning ham afzalliklari mavjud. Masalan: markazlashmagan modelda tovar(ish,xizmat)larga bo‗lgan ehtiyoj bir muncha tezroq qondiriladi; sotib olingan tovar(ish,xizmat)lar bo‗yicha mas‘ullik bevosita shu buyurtmaching o‗zida bo‗ladi; mavjud sharoit va imkoniyatdan kelib chiqib, o‗z ehtiyojlariga mos tovar(ish,xizmat)larni sotib olish mumkin bo‗ladi va h.k. 57 Markazlashmagan modelda xarid qilishning ham kamchiliklari mavjud. Masalan: markazlashmagan modelda kam hajmda buyurtma berilishi bois sotib olinayotgan tovar(ish,xizmat)lar narxi ba‘zan qimmatga tushishi mumkin; har bir davlat buyurtmachiga mustaqil xarid qilishga ruxsat berilishi buyurtmaching tajribasizligi tufayli ba‘zan sifatsiz, kafolat muddati kam tovar(ish,xizmat)lar ham sotib olinishi mumkin; markazlashmagan holda xaridlarni amalga oshirilganda ba‘zan buyurtmachilarning vakillari shaxsiy manfaatlarini ko‗zlab, nohalol shartnomalar tuzishlari, mablag‗larni noqonuniy o‗zlashtirish holatlari ham bo‗lishi mumkin va h.k. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling