U yu. O„roqov


 Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/94
Sana20.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1216070
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94
Bog'liq
1. Якка муаллифдаги ўқув қўлланма

4.3. Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari 
 
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
1. Kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik prinsipi. Davlat buyurtmachisi
davlat xaridlari elektron tizimining operatori, ixtisoslashgan tashkilot 
mas‘ul shaxslarining kasbiy mahorati tegishli bo‗linmalar xodimlariga 
nisbatan soha bo‗yicha ma‘lumoti bo‗lishi, malakasini muntazam ravishda 
oshirishi, bosqichma-bosqich amaliy tajribaga ega bo‗lib borishi va kasbiy 
faoliyati to‗g‗risidagi talablarni belgilash yo‗li bilan ta‘minlanadi. 
Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va 
o‗tkazish uchun mas‘ul bo‗lgan shaxsni belgilashi shart. Kasbiy mahoratga 
ega bo‗lish maqsadida xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va 
o‗tkazish uchun mas‘ul bo‗lgan shaxsning malakasini muntazam ravishda 
oshirib borish davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan 
o‗qitishni tashkil etish orqali ta‘minlanadi. 
60 
 
Manfaatlar to‗qnashuvi mavjud bo‗lgan taqdirda, xarid qilish tartib-
taomilini tashkil etish va o‗tkazish uchun mas‘ul bo‗lgan shaxs 
bajariladigan vazifalardan chetlashtirilishi lozim. 
2. Asoslanganlik prinsipi. Davlat xaridlari davlat buyurtmachisining 
o‗z oldida turgan vazifalarni hal etishni ta‘minlaydigan haqiqiy talablari va 
ehtiyojlarini 
samarali 
qanoatlantirish 
uchun 
davlat 
xaridlarini 
o‗tkazishning maqsadga muvofiqligi va zarurligi, tovarni (ishni, xizmatni) 
tanlashning, uning iste‘mol xususiyatlari (tavsifi), sifat ko‗rsatkichlarining 
va qiymatining asoslanganligi hisobga olingan holda amalga oshirilishi 
kerak. 
3. Moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi 
va samaradorligi prinsipi. Davlat xaridlari davlat buyurtmachisining 
davlat xaridlarini o‗tkazish xarajatlarini va tovarlarning (ishlarning, 
xizmatlarning) qiymatini hisobga olish; davlat xaridlari uchun ajratilgan 
mablag‗lardan samarali foydalanish, shu jumladan, tovarlarni (ishlarni, 
xizmatlarni) olishdan ko‗rilgan naf, ularning sifati va qiymati o‗rtasidagi 
maqbul nisbatni (foydalanish davri xarajatlarini hisobga olgan holda) 
ta‘minlash;davlat xaridlarini maqbul muddatlarda o‗tkazish imkonini 
beradigan oqilona va tejamkor usulda amalga oshirilishi kerak. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling