Ubaydulla solih оg’li zavqiy (1853-1921)


I. BOB. ZAVQIY IJODINI O’RGANISH TARIXI


Download 173.5 Kb.
bet2/6
Sana14.11.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1772401
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zavqiy KURS ishi (1)

I. BOB. ZAVQIY IJODINI O’RGANISH TARIXI.
Оzbek demokratik adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Ubaydulla usta Solih o’o’li-Zavqiy o’zbek demokratik adabiyoti tarixida ajoyib lirik shoir sifatida hamda demokratik o’oyalarni erkin kuylagan, hajviyotni rivojlantirishda barakali hissa qo’shgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Zavqiy adabiy merosi bizgacha to’la etib kelmagan bo’lsa-da, o’zbek adabiyotshunosligida bu jo’shqin ijodkorning hayot yo’li va adabiy merosini o’rganish ishiga ahamiyat berib kelingan. Hatto XX asr boshlaridagi uning ayrim asarlari Muqimiy, Furqat asarlari bilan birga bayozlarga kiritilgan.
XX asr matbuotida Zavqiyning biografiyasi, xalanlariga qarshi qaratilgan ijtimoiy va adabiy faoliyati haqida dastlab ma’lumot bergan, maqolalar e’lon qilgan marhum adabiyotshunos Sharif Rizodir. U «Guliston» jurnalining 1939 yil, 10-sonida,
«Оzbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi 1940 yil 1-sonida va «Literatura i isskustvo Uzbekistana» g. 194o yil z-sonida ma’lumotlar bergan.
Zavqiy adabiy merosini to’plash va ular ustida tadqiqot olib borish yuzasidan adabiyotshunos H.Razzoqov (Andijon Davlat pedagogika professori) amalga oshirgan ishlar diqqatga sazovordir. U yozma manbalarda oz miqdorda uchraydigan shoir asarlarini xalq orasidan yio’ish, tanish-bilish, yor-birodorlari qo’lida yoki xotirasida saqlanib qolganlarini yozib olish natijasida shoir adabiy merosini to’plab, Zavqiy Tanlangan asarlarini 1958 yilda nashrdan chiqazdi. H.Razzoqov asarlarini 1958 yilda nashrdan chiqazdi. H.Razzoqov Zavqiy ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borib, 1955 yilda «Fan» nashriyotidan «Zavqiy» monografiyasini chiqadi.
Оz davrining ilo’or fikrli shoiri bo’lgan Zavqiy ijodiyotiga qiziqish tobora ortib bordi, u Urta maktab va oliy o’quv yurtlari programmalaridan o’rin oldi.
Shoirning ijtimoiy-falsafiy fikrlari yuzasidan I.Mo’minov (Оzbekistonda ijtiomiy-falsafiy tafakkuri tarixidan, T., 1960)ning ishi va hajviyoti to’o’risida A.Abduo’afurovning («Оzbek demokratik adabiyotida satira») kitobi maydonga keldi.
Professor ¢.Karimov «Оzbek demokratik shoiri Muqimiy va uning davri adabiyoti» doktorlik dissertatsiyasida va «Оzbek adabiyoti tarixi, Sh kitob darslikligida Zavqiy ijodiga katta o’rin ajratadi. Nihoyat, besh tomlik «Оzbek adabiyoti tarixi»ning 5 tomida Zavqiy haqida atroflicha ma’lumot beruvchi maxsus bob ajratildi.
Ubaydulla Solih o’o’li-Zavqiy 1853 yilda Qo’qon shahrining Shayxon dohasida (hozirgi Zavqiy mahal.) kosib-Xunarmand oilasida tuo’ildi. Zavqiyning otasi mahsido’z bo’lib, oo’ir mehnat ostida kambao’alchilik bilan umr o’tkazar edi.
Zavqiy bolalik yillarini o’sha zamonning eski usuldagi maktablarida o’tkazib, xat-savodini chiqargandan so’ng, taxminan, 1870-1871 yillarda ilm havaskori va shoir bo’lgan too’asining yordamida madrasaga o’qishga kirdi. Shunday qilib, Zavqiy Qo’qondagi «Madrasai Mir» va «Salpak» madrasalarida ta’lim ola boshladi. Lekin oradan ko’p o’tmay ikki oyoo’i shol bo’lib, o’tirib qolgan tasini boqish, oilani tebratish zaruriyati tuo’ilgani uchun u 1874 yilda madrasadagi o’qishini to’xtatishga va ota kasbi-mahsido’zlik bilan shuo’ullanishiga majbur bo’ldi.
Zavqiydagi estetik zavqning rivojlanishida, albatta, madrasa programmasiga muvofiq o’qiladigan Sharq klassiklarining mashhur asarlari bilan tanishuvi ma’lum rol’ o’ynagan. Shuningdek, bu borada too’asi Muhammad Siddiqning ham (Zavqiy madrasaga kirgan yili too’asi unga Alisher Navoiyning «Chor devon», «Xamsa» asarlarini taqdim qilgan edi) ta’siri bo’lgan, albatta.
Zavqiy kosibchilik qilib, tirikchilik ishlari bilan band bo’lgan vaqtlarida ham xususiy mutolaa qilishni tark etmadi, ayniqsa, adabiyot bilan muttasil shuo’ullanib, she’r yozishni ham mashq qilib bordi.
... Muqimiy atrofida uyushgan shoirlar tez-tez adabiy kechalar, mushoira kechalari tashkil etib turardilar. Bunday adabiy kechalar ba’zan Zavqiyning «Madrasai Mir» dagi yarim xarobaga aylangan hujrasidagi ishxonsida o’tkazar edi. Hazil-mutoyibani sevgan serzavq bu shoirlar Zavqiy ishxonasining eshigi ustiga Muqimiy qalami bilan bitilgan quyidagi misralarni yozib qo’ygan edilar:
Bu Ubaydullohning koshonasi,
Usta Solih o’o’li do’konxonasi.
Ey birodori ahli tomiz,
Eski maqsiyu kavush tikamiz.
Zavqiy shu adabiy jo’da bilan birgalikda ijodiy kamolotga erishadi va xalq o’rtasida shoir sifatida shuhrat qozona boshlaydi. Zavqiy ma’lum vaqt Qo’qon poyabzal rastasining pudratchisi Muminjonboy ishlarida Mirzalik qiladi, lekin uzoq ishlamay 1890 yilda bu vazifani tark etadi.
Zavqiy madrasada o’qib yurgan birorta boshqaruvchi ayol bo’lmasligi xonadondagilarni qiynab qo’ydi. Usta Solih o’o’illarining maslahati bilan bir beva xotinga uylanadi. Оgay onaning bo’y etgan etim qizi bo’lib, bu oilaga onasi bilan birga kelgan edi.
Zavqiyni 1876-87 yillar orasida shu qizga uylantirib qo’yadilar (Zavqiyning Tojixon nomli shu ayoldan tarqalgan nevara-sevaralari hozirgi kunda Qo’qonda yashaydilar).
1898 yilda Zavqiyning oilaviy hayotida bir qancha baxtsizliklar ro’y beradi: uzoq vaqt betob yotgan otasi va ikki ukasi vafot etdi. Xotini Tojibibining ham ikki ko’zi ojiz bo’lib, o’tirib qoldi. Sh/u shoir bu baxtsizliklarni, bir oz bo’lsa-da, unutish va havo almashtirish maqsadida Muqimiy bilan birgalikda Faro’ona bo’ylab sayohatga chiqadi.
Ikki shoir Andijonga, undan Оshga o’tadilar. Xuddi shu vaqtda mashhur Dukchi eshon voqeasi boshlanib qoladi. Ular Faro’ona xalqi hayotida katta hodisa hisoblangan bu fitnaning guvohi bo’ladilar. Muqimiy va avqiy fitna boshlangan erni-ukchi eshon qarorgohini va bu voqea bilan boo’lik bo’lgan boshqa erlarni borib ko’radilar. Bu kuzatishlardan olgan taassurotlari natijasida Zavqiy o’zining «Hajvi Yikchi eshon», Muqimiy esa «Hajvi xalifai Mingtepa» va «Qurbaqalar» nomli mashhur satirik asarlarini yozadilar.
1900 yilda Zavqiy too’asi Muhammad Siddiq bilan birgalikda Arabistonga sayohat qildi. Kavkaz, Kichik Osiyo, Misr, Arabiston va boshqa mamlakatlarda bo’ldi, ko’p xalqlarni ko’rib, ularning hayotlari bilan tanishdi. 1903 yilgacha davom etgan bu sayohat shubhasiz, Zavqiyning fikriy va ijodiy takomilida katta iz qoldirdi.
Zavqiy o’ziga xos uslubda satirik asarlar yozishni zo’revolyutsiya mahorat va jur’at bilan davom ettirdi. Bu jihatdan 1905-1906 yillar atrofida yozilgan «Ahli rasta hajvi» satirasi xarakterlidir. Satiraning sarlavhasidan ham ko’rinib turganidek, unda Qo’qondagi rasta ahllari tanqid qilinadi. Rastadagi boylardan 46 tasi tilga olingan va achchiq tanqid qilingan bu satiraning tekstini shoir katta qoo’azga ko’chirib, uni Qo’qondagi gavjum, sayilgoh erlardan biri-Muymarakdagi terakka osib qo’yadi. Bir necha kun osio’lik turgan hajviyani odamlar bemalol o’qib, unda nomlari zikr qilingan boylar ustidan miriqib kuladilar. Ko’p martalab shoir qalami zarbasiga duchor bo’lgan rasta bayonlari «Ahli rasta hajvi» satirasi e’lon qilingandan keyin boshqa alamzodalar bilan birgalashib, shoirni ta’qib etishga kirishadilar, odam yollab, qo’lga tushirib urdirmoqchi bo’ladilar. Lekin shoirning do’stlari-kosib-Xunarmandlar sergaklik bilan uni himoya qilib yuradilar. Oxiri shoir mahkamada tergov qilinib, 100 so’«Milliy istiqlol o’oyasi:asosiy tushuncha va tamoyillar» jarima to’laydi. Lekin shoir bunday ta’qiblar va Do’q lardan qo’rqmaydi, aksincha, shoir kulgili va jirkanch voqealarni qalamga olib, hokim guruhlarga xitoban «Taloding baring» nomli satirik she’r yozadi. She’rda boylarga qarshi shunday satrlar bor:
Eshit arzi holim, ey shanqilar,
Meni munga yakkalaring baring.
Chopishib kelib, qoqishib tutib,
Xiyla qo’rqitib ‘alading baring...
Qalampir so’zim qildimi agar,
Chopishib harqayonga sarbasar,
Misli pashsha chaqqan modaxor,
Ko’cha-kuyda shattalading baring.
Menga bir bo’qoqni xirillatib,
Qopib ol uni deb irillatib.
Olaqaro’adek yio’ilib cho’kib,
Menga hurpayib qarading baring.
1905 yildan keyingi davr o’zbek milliy burjua harakati-jadidizm va bu harakatning ideologik ifodasi bo’lgan jadid adabiyoti tuo’ilgan hamda tez tarqalayotgan bir davr edi. Zavqiy milliy burjua adabiyotiga jadid adabiyotiga qarshi keskin kurash olib bordi, jadidlarning namoyandalarini fosh etuvchi she’rlar yozdi. Zavqiyning bu davrdagi tarixiy xizmati shu bo’ldiki, u badiiy ijodiyotda demokretik pozitsiyada izchil turdi va ilo’or adabiyot printsiplarini reaktsionnerlar, shu jumladan jadidlar hujumidan mustahkam turib himoya qildi. Bu jihatdan Zpvqiyning «Sho’royi islomchilar» noshiri afkori bo’lgan «Al isloh» jurnalida olib borgan adabiy kurashlari xarakterlidir.
«Al-isloh» jurnalining 1916 yilgi sonlarida reaktsioner «sho’royi islomchilar» adabiyotning jamiyat axloqini tarbiyalashdagi vazifasi masalasida munozara boshlaydilar va ishqiy, tanqidiy temada she’rlar yozuvchi, demokrat shoirlarni, birinchi navbatda bu adabiyotning peshvolari hisoblangan Muqimiy va Furqatlarni jamiyat axloqini buzishda ayblab, ularni turli iflos so’zlar bilan barnom qiladilar. Bunga javoban Zavqiy «Al isloh»da o’z maqolalari bilan chiqadi va adabiyotdagi demokratik yo’lning asoslarini yoqlab Muqimiy va Furqatlarning reaktsionerlarning nohaq hujumlaridan himoya qiladi. Reaktsionerlar, ayniqsa, avqiyga qattiq hujum qiilb, uni «shuaroyi safeho» («jinni shoirlar») dan deb ataydilar. Zavqiy esa tuhmatchilarga javoban «Afandilar» radifli she’r yozadi va unda «sho’royi islomchilar»ni, ularga homiylik qilib turgan jadidlarni fosh etib, ilo’or adabiyot vakillari Muqimiy, Furqatlarni yoqlaydi, o’zini ular yo’lining davomchisi ekani bilan faxrlanadi.
Aytsam siza so’z rostidin,
Ham avj balandu pastidin,
Tushmang birovlar qastidin,
Ey «porso» siz, afandilar.
Farq aylamay yaxshi-yomon,
Kim arpa-buo’doy, kim somon,
Tuhmat haqoratlar hamon
Ne muddaosiz, afandilar.
Ta’n aylangiz bo’lsa hayot,
Оlganga so’z qatmoq uyot,
Yo’q ma’nosida qat’iyat,
Kim ishtiboqsiz, afandilar.
Doim Muqimiy, Furqatiy
Yodimda mehru shafqati,
«Isloh»da boshlab tuhmati,
Ko’p norasosiz, afandilar.
Zavqiy 1916 yilda Qo’qondagi halq qo’zo’oloni epizodlariga bao’ishlangan «Qahatchilik» nomli poemasini, «Zamona», «Ajab ermas» kabi mashhur lirik she’rlarini yozdi.
Zavqiy 1917 yil fevral’ burjua revolyutsiyasining mohiyatiga darhol tushunib etmadi va bazi shoirlar singari unga yaxshi umidlar boo’lab adashadi. Zavqiy bu davrda «Hurriyat»ni tabriklab «Ko’z ogaylik» radifli muxammasini, «To’ylar muborak bo’lsin» sarlavhali o’azalini yozgan.
Zavqiy oktyabr’ revolyutsiyasini zo’r quvonch bilan kutib oldi. U ham amaliy, ham ijodiy faoliyati bilan revolyutsiya dushmanlariga qarshi kurash olib bordi. U 1917 yil oxirlarida maydonga kelgan milliy burjua hukumati-«Qo’qon muxtoriyati»ga, unda qo’rboshi Ergashning muhim harbiy lavozim egallaganini fosh etishga bao’ishlab, «Rahzan Ergash» («Yo’lto’sar Ergash») satirik she’rini yozadi. Ergash qo’rboshiga qarshi kurashda mahalliy hukumatga yordam berdi.
Dushmanlar Zavqiyning bu aktiv amaliy faoliyatini to’xtatish maqsadida uni ta’qib etishga kirishdilar. Shoirning hayoti xavf ostida qoldi. Shuning natijasida Zavqiy Qo’qondan chiqib ketishga majbur bo’ldi, lekin payt poylab yurgan bosmachilar qo’lga tushirdilar va zindonga tashladilar. Bosmachilar keksa shoirni vahshiylarcha qiynadilar. Nihoyat shoirning do’stlari juda ko’p pul sarflab, uni dushman qo’lidan qutqaradilar. Lekin jabrlangan shoir hovlisiga kelganda, yarim o’lik holida edi. Bir oz vaktan so’ng, 1921 yil yoz oylarida vafot etdi. «Zavqiobod» qishloo’i xotirasi...
Zavqiy asarlari, asosan, oo’zaki manbalar orqali, shoirning do’stlari, zamondoshlari qo’lida tasodifan saqlangan qoo’ozlar orqali bizgacha etib kelgan... Natijada 1958 yilda Toshkentda Zavqiyning «Tanlangan asarlar»i o’zbek va rus tillarida nashr etildi.
To’plavmdagi lirik va satirik she’rlarning umumiy hajmi taxminan bir yarim ming misra atrofidadir. Bu 50 yil davomida ijod qilgan shoirning to’la ijodi deb bo’lmaydi. Zavqiy she’rlarini o’z ichiga olgan katta to’plam yoki devon bo’lganligi taxmin qilinadi. Bu to’plamni shoir vafotidan so’ng uning keyingi uyo’ur xotini Hojixon o’zi bilan birga Qashqarga olib ketgan degan fikr bor...

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling