Ubaydulla solih оg’li zavqiy (1853-1921)


Download 173.5 Kb.
bet5/6
Sana14.11.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1772401
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zavqiy KURS ishi (1)

2.2. Zavqiyga bo’lgan hujum
Zavqiyga bo’lgan hujum ovozasi tezda butun rastalarga tarqaladi. Bu voqeani eshitgan kosib Xunarmandlar alamoni etib kelib, o’z «zakonchi»sini boyvachchalar qo’lidan ajratib oladilar. Janjal ustiga amaldor , bozor oqsoqoli Abdurashid hoji, Shoh noyat qo’rboshi va boshqa mansabdorlar etib kelib, boylarning bir necha vakillari bilan shoirni qo’shib mahkamaga olib ketadilar. Oxiri shoir boylarni hajv qilishdagi «beodobligi» uchun yuz so’m shtraf to’lab qutuladi va bunday qilmaslikka ogohlantiriladi...
Ammo shoir ko’p o’tmay boylarga va ularning maddohlariga javoban yana «Talading baring» satirasini yozadi:
Eshit arzi holim... ey...lar,
Muncha yakkalading baring.
Chopishib kelib, qoqishib tutib,
Xiyla qo’rqitib talading baring...
Qalampir so’zim qildimi asar,
Chopishib har qayonga sarbasar.
Misli pashsha chaqqan modaxor.
Ko’cha-kuyda shattalading baring.
Bu she’rda shoirning boylarga bo’lgan nafrati, o’azabi nihoyasiga etganligi ochiq ko’rinib turadi. Shunchaliq ta’qib va tergovlardan keyin ham shoir boylarga, amaldorlarga taslim bo’lishni istamagan. U xalqning kuchigaishonganligidan, boylardan ham, ularning homiylari-amaldorlardan ham qo’revolyutsiyaqmaydi, ular qarshisida tiz cho’kish emas, balki ular bilan kurashni davom ettiradi.
Demokratik adabiyot vakillari mehnatkash omma manfaatini himoya qilib, o’z asarlarida davr haqidagi xalq talablarini aks ettirgan bir paytda millatchi burjuaziya ziyolilari-jadidlar mehnatkash xalq manfaatiga butunlay zid pozitsiyada turdilar. Ular o’z asarlarida xalqqa butunlay zararli panturkizm, ponimpomizm kabi reaktsion o’oyani tartib qildilar. Zolimlarga va jabr-zulmga qarshi chiqmaslik haqida mehnatkash ommaga va’z-nasihat qildilar.
Ular «Al isloh» jurnalini tashkil qilib, ana shu jurnal sahifalarida Zavqiy kabi peshqadam shoirlarga hujum uyushtiradilar. Jurnalning 1914 yil sentyabr’ oyidagi 16-sonida Toshkentlik Mulla Maqsudxo’ja eshon mufti nomidan shoir Zavqiyga qarshi maqola uyushtiriladi. Bu maqolada ishqiy-lirik she’r yozgan Muqimiy, Furqat, Komiy, Nodil Xo’jandiy, Nasriddin, Noqis, Xislat kabi shoirlar tilga olinib, asosan tanqid zarbasi Zavqiyga qaratiladi. Zavqiy jurnal redaktsiyasiga «Ishtiboq» nomli xat yozib, ularning tanqidiga e’tiroz bildiradi.
Bu jurnaldagi tanqidchilar ishqiy o’azallar «Musulmon odamlarning farzandlarini buzadi, noshar’iy yo’llarga etaklaydi» degan bahona bilan shoirlardan diniy-mistik she’rlar yozishni, o’z she’rlarida ruhoniylar, milliy burjuaziyasining manfaatini ilgari surishni talab etadilar, ayniqsa Zavqiyni obro’sizlantirishga, undan o’ch olishga urinadilar.
Bu hol avqiyni nihoyatda o’azablantiradi. Zavqiy ularga qarshi kurashni yana keskinlashtiradiyu 1914 yilning noyabr’ oylarida u dushmanlarga javoban «Afandilar» radifli she’r yozib, ularni fosh etishga urinadi, dushmanlarga qarata shunday piching qiladi:
Aytam siza so’z rostidin,
Ham avj, balandu pastidin,
Tushmang birovlar qasididin,
«E porso siz» afandilar,
Farq aylamay yaxshi-yomon,
Kim arpa-buo’doy, kim somon,
Tuhmat haqoratlar hamon
Na muddaosiz, afandilar.
Zavqiy yuqoridagi reaktsion guruhlarning tanqidini tuhmat deb biladi. Shoir she’rla o’z pichingini o’tkirlashtirish uchun xalqning «Siz arpa-buo’doy, biz samon, hamma yaxshi, men yomon» maqolidan ustalik bilan foydalanadi. U keyingi misralarda do’stlari Muqimiy, Furqatlarning nomini hurmat bilan tilga olib, ularga qilingan tuhmatga javoban yozadi:
Doim Muqimiy, Furqati
Yodimda meXru shafqati,
«Isloh»da boshlab tuhmati,
Ko’p norasosiz, afandilar.
Zavqiy quyidagi misralarda jadidlarning haqiqiy sinfiy basharasini, ya’ni ularning ekspluatator sinflarning ideologlari ekanliklarini ustalik bilan fosh etadi:
Har rasta boyi... do’stingiz,
Siz mao’z, ulardur po’stingiz.
Bormi suxanda rostingiz,
Kesma yaqosiz, afandilar.
She’r davomida shoir ularning buzuqchiligi, axloqsizligi va boshqa fel-atvorlaridan kulib, oxiri o’z ahvolini, o’ziga madadkor kuchlar ta’rifida shunday deydi:
Do’zanda kosiblik ishim,
El birladur yozu qishim,
Yo’q arz etarga bir kishim,
Yavmul-jazosiz, afandilar.
Karnay chalib bekorga,
Zavqiy osilmas dorga.
Arzim shu do’stu yorga,
qim ho’l balosiz afandilar.
Shoir zamona zulmiga, ekspluatatorlarning etkazgan kulfatlariga qarshi shikoyat va noroziligini o’z xalqiga arz qildi. U mehnatkash ommo tomonida ekanligini qat’iy ta’kidladi. Shoir umrining oxirigacha xalqni sevdi, unga suyandi, xalqqa sodiq bo’lib qoldi.
Zavqiyning fevral’ va oktyabr’ revolyutsiyasi
Davridagi ijodi.
Doim xalq orasida bo’lgan Zavqiy zamona voqealariga ko’z-quloq bo’lib turdi, xalq tili va dilidagisini kuylab bordi. 1914-1916 yillardagi imperialistik urush va uning alangasining Turkiston o’lkasining Faro’ona oblastidek chekka o’lka xalqlariga keltirgan zaxmatini ko’rgan shoir, qattiq qayo’uradi.
Shoir o’zining achchiq taassuroti, qayo’u-hasratini 1914-1916 yillar orasida «Qahatchilik», «Zamona» she’rlarida ifodalaydi.
Zavqiy Qahatchilik» she’rida oo’ir moddiy qiyinchiliklar ostida kun kechirayotgan shahar mehnatkashlari, turli tomonlardan ish-non qidirib, shaharlarga kelgan och-yalano’ochlarning achinarli ahvolini, xalqning bu ahvoliga ekspluatator sinf vakillarining munosabatini xarakterli voqealar bilan chizib ko’rsatishga harakat qiladi.
Qahatchilik bo’ldi bu Faro’onamizda
Topilmas parcha non vayronamizda,
Tayambar bo’lsa-osh, non avliyodir,
Yana ochlik davosiz bir balodur.
Ochlik, qahatchilik, vayronalik ustiga 1916 yilning bahoridan boshlab Faro’ona vodiysining ko’pchilik shahar-qishloqlarida vabo (guma) kasali tarqaldi. Odamlar uylarida, mahallarida, ko’cha-kuylarda ko’plab o’la boshladilar. Оlimlarni ko’mish bilan shuo’illangan odamlarga deyarili bu kasallik yuqib, nobud bo’lganini ko’rgan kishilar sarosimaga tushadilar. Kassallik tarqalgan joylardagi soo’ qolgan xonadonlar dalalarga ko’chib kelib tinib o’tiradilar. Murdalarning ko’pi ko’milmasdan qoladi.
Qirilun qancha odamlar vabodin,
Nishona qolmadi mehru vafodin.
Dafn qilmoqqa o’lganni kishi yo’q,
Kim o’lgan birla odamning ishi yo’q.
Xalq hokimga arz qilib, mavjud ahvolni yaxshilashni so’rab, undan najot kutadi. Hokim xalqni dastlab qo’rqitib, so’ng:

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling