Ubaydulla solih оg’li zavqiy (1853-1921)


Оshal german urushi to’xtagan on


Download 173.5 Kb.
bet6/6
Sana14.11.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1772401
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zavqiy KURS ishi (1)

Оshal german urushi to’xtagan on,


Poyizlarda kelur oshliq bilan non-
degan chuchmal javob qaytaradi.
Reaktsion ulomalar, diniy-mistik shoirlar, shuningdek jadidlar xalqni qiyinchiliklarga chidashga, balolarga sabr-qanoat qilishga, kecha-kunduz toat-ibodat qilib, oq podshoga o’alaba tilashga chaqiradilar.
Zavqiy she’rning keyingi misralarida ana shu qora kuchlarning razil, munofiqona harakatini ochib talshalydi.
Mehnatkash ommoning kelajak haqidagi orzu-istaklarini shoir 1916 yil noyabr’-dekabr’ oylarida yozgan «Ajab ermas» she’rida aks ettiradi. Bu she’r shoir qarashidagi demokratizm, vatanparvarlik taraqqiyparvarlik o’oyalarini yorqin ifodalaydi. Bu she’r shoirning revolyutsiyagacha yozgan she’rlarining eng a’losi, ijodining yuqori cho’qqisi hisoblanadi.
Muxammas tarzida yozilgan bu she’r to’rt band (20 misra) dan iborat bo’lib, har bandida shoir o’z vatanining kelajakdagi ozodligi, farovonligi haqida optimistik mulohazalar yuritadi. Kelajakda zolimlar yo’qolib, ochlik, muhtojlik, jabr-zulm bilan to’lgan kunlar suv betidagi hubob (ko’pik) yoki havodagi sahob (bulut) kabi tez o’tib ketadi, deb o’tib ketadi, deb xalqni ishontiradi, ruhlantiradi:
Bu kunlar boshimizda bir sahob o’lsa ajab ermas,
Munavvar zimnida bir oftob o’lsa ajab ermas,
Bu davlat suv yuzinda bir hubob o’lsa ajab ermas
Ko’rinsa surati asli niqob o’lsa ajab ermas.
Ochilsa pardalar yuzdin hijob o’lsa ajab ermas.
Zavqiyning fikricha, o’z xalqining murod-maqsadga, haqiqiy ozod yashash kunlariga erishuvi uchun nasimi jonfido (jonni rohatlantiruvchi mayin shamol), xazon pajmurda bo’lganlarga sof havo, gadolarning boshiga soya soluvchi humo yo’lboshlovchi, etaklovchi kuch kerak. Shu narsalar mavjud bo’lsa:»Muqarrardur zamona, inqilob o’lsa ajab ermas».
Shoirdagi bu tushuncha 1916 yil voqealarini chuqur kuzatishi, shuning bilan birga, Qo’qon deposidagi ishchilar bilan yaqinlashishi, ularning suhbatidan olgan taasurotidan tuo’ilgan edi.
Shoir bu she’rida mehnatkash ommaning kelajagi to’grisida qilgan eng yaxshi orzu-umidlarini aks ettirdi:
Оtib bir qarn, aqronim, jahon obod ko’rgaysiz,
Jahon ahlini zolim haddidin ozod ko’rgaysiz,
Giriftori alam ermas hamoni shod ko’rgaysiz
Burungi o’tganu ketgan, ko’nglida yod ko’rgaysiz.
Qarigan choo’da Zavqiy bir shabob o’lsa ajab ermas.
Fevral’ burjua revolyutsiyasining asosiy mohiyatini keyin anglab qolgan Zavqiy Uluo’ oktyabr sotsialistik revolyutsiyasini zo’revolyutsiya quvonch va o’oyaviy xayrxohlik bilan kutib oldi. Ham adabiy ijodda, ham uzil-kesil o’alabasi uchun xizmat qildi.
«Qo’qon muxtoriyati»ning reaktsion mohiyati va maqsadini payqab qolgan Zavqiy o’z amaliy va ijodiy faoliyatini shu tashkilot va uning namoyandalari kirdikorlarini fosh etishga qaratdi. Uning “Rahzan Ergash”, “Faro’ona” kabi asarlari shular jumlasidandir.
Ergash qo’rboshi “Qo’qon muxtoriyati”da muhim bir harbiy lavozimni egallab olib, bosmachilar bilan til biriktirib, sovet hokmiyatiga qarshi kurashga otlandi. Zavqiy mana shu revolyutsiya dushmani haqida sakkiz baytlik asar bitib, unda Ergash va uning atrofidagi “Badxayol”, “badandeshalar”, “zulm sohiblari”ni keskin qoralaydi. Asarda Ergashlar ishining tezda barham eyishi muqarrarligi badiiy va haqqoniy ifodalangan. Revolyutsiyaning to’la o’alabasiga ishongan, xalq kuch-qudrati nimalarga qodir ekanligini anglagan shoir revolyutsiya dushmanlariga qaqshato’ich zarba beradigan she’rlari bilan o’z ishiga sodiqligini qayta-qayta isbot etdi.
Zavqiyning revolyutsiyadan so’ngi o’zbek adabiyotining dastlabki namunalaridan biri hisoblanishga loyiq «Faro’ona» muxammasi xarakterlidir. Bu asari bilan shoir mehnatkash xalqning revolyutsiya dushmanlari –bosmachilar, «sho’royi islomchi»lar,
Burjua millatchilarga qarshi o’z qahrevolyutsiya-qazabi va nafratini ifodalab, haqqoniy inqilobparvar sifatida maydonga chiqdi. Reaktsion «Qo’qon muxtoriyati» va bu hukumat a’zolaridan qozi Kamol, Odil qurlar keskin fosh etilgan bu muxammas quyidagi misralar bilan boshlanadi:
Eshiting men aylayin qissai izhor Faro’ona,
Kuyib xokistor o’ldi jumlai bozor Faro’ona,
Misol otash bilan to’ldi, ko’ring gulzor Faro’ona,
Hujumi(o’o’ri)lardin tortadur ozor Faro’ona,
Xaloyiqlar ko’ziga emdi bo’ldi tor Faro’ona.
Shahar va qishloqlarga o’t qo’ygan, «mardum molini yio’ib, ishrat-bazm qurgan» fosid xayol, betamizlar Zavqiy satirasining o’tkir tio’iga duchor etilar ekan, Kommunistik partiya esa najotkor kuch, xalq madadkori sifatida tasvirlanadi:
Shukrkim, tangri etkazdi madadkor bol’sheviklarni,
Iloho baxt-tole bo’lsun emdi yor, Faro’ona
Xulosa Revolyutsiyadan keyin Zavqiy o’lkada revolyutsiya o’alabasini mustahkamlab aksil inqilobchilarga qarshi mardona kurash olib bordi...

XULOSA
Biz mazkur muammolardan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishimizni quyidagicha xulosalari:
О‘zbek tanqidchiligi tarixida Zavqiy ning ijodiy faoliyatiga bо‘lgan e’tibor va e’tiroflar hozirga qadar davom etib kelmoqda. Buni faqat bir misol bilan aytish mumkin, chunki Zavqiy yaratgan asarlar, о‘zining yuksak darajada hayotiy ahamiyat kasb etishi bilan birga, bir-biridan gо‘zal tasvirlarni о‘zida mujassamlashtirgani va asosiysi umrboqiyligi bilan nazardan chetda qolmay kelayotganidadir. Zavqiy asarlari shu kungacha bir necha bosqichlari talqin qilindi. Bu talqinlarda adib ijodining ilk namunalari hisoblanuvchi hajviy asarlariga, she’rlariga hamda bir-biridan gо‘zal romanlariga, gohida zamon nuqtai nazaridan qaraldi, gohida esa ochiq fikrlar bildirildi.
1. XX asr о‘zbek adabiyotshunosligida Zavqiy hayoti va ijodiga doir talqin manbalari muhim о‘rin tutadi. Qodiriyshunoslikning asosiy negizini tashkil etadigan bu taqriz, ilmiy maqola, bahsli maqola va risolalar, ijobiy va salbiy fikrlar 20-30 yillardayoq maydonga keldi. Bu yillarda Zavqiy ijodiga Sotti Husayn, M.Buzruk, A.Sa’diy, V.Mahmud, M.Sheverdin kabi munaqqidlar va adabiyotshunoslar о‘zlarining maqolalari, adib ijodiga doir bir necha kitoblarida о‘z fikr –mulohazalarini bildirganliklarini tahlil qildik.
2. Qodiriyshunoslikning birinchi bosqichi bо‘lgan 20-30 yillar adabiyotshunosligida S.Husayn va M. Buzruklar Zavqiy ijodiga ba’zan xolis, ba’zan esa g‘ayriilmiy vul’gar sotsiologik holatlar bо‘yicha fikrlar bildirishdi. Bu davr talqinlarida matndan uzoqlashish, badiiy asarga tayyor qoliplar bilan yondashish, ijodkorni ayblash va unga siyosiy yо‘l-yо‘riqlar kо‘rsatish, garchi, ba’zan badiiy haqiqat teran his etilsa –da, ijod erksizligi tufayli uni matnga nomuvofiq tushuntirish, kо‘pincha fikr-mulohazalarni hukmron mafkuraviy ta’limotlardan olingan iqtiboslar asosida bayon qilish, har bir adabiy-ilmiy tushunchani sinfiylik bilan bog‘lash holatlari kо‘zga tashlanganligini о‘rgandik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. Ma’naviyat, 2008 yil.

  2. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. Toshkent. О‘zbekiston, 1996.

  3. Karimov.I.A. Biz kelajagimizni о‘z qо‘limiz bilan quramiz. 7-jild. Toshkent. О‘zbekiston. 1998.

  4. Abdulla Qodiriy badiiy dunyosi. Toshkent: Universitet, 1994. 120 bet.

  5. Abdusamatov H. Tanqidmi, tosh otishmi? Toshkent: Fan. 1992. 88 bet.

  6. Aliyev A. Istiqlol va adabiy meros. Toshkent: О‘zbekiston, 1997. 216 bet.

  7. Boqiy N. Qatlnoma. Toshkent: Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1992. 208 bet.

  8. Karimov N. Istiqlolni uyg‘otgan shoir. Toshkent: Ma’naviyat. 2000. 88 bet.

  9. Lutfiddinova X. Gullarning ra’nosi. Toshkent. О‘zbekiston. 1997y.

  10. Mirzayev I. Abdulla Qodiriyning ijodiy yevolusiyasi. Toshkent. Fan, 1997.150bet.

  11. Normatov U. Qodiriy bog‘i. Toshkent. Yozuvchi, 1995. 220 bet.

  12. Normatov U. “О‘tkan kunlar” hayrati. Toshkent. О‘qituvchi, 1996. 80 bet.

  13. Rasulov A. Ilmi g‘aribani qо‘msab. Toshkent. Ma’naviyat, 1998. 64 bet.

  14. Qodiriy A. Toshpо‘lat tajang nima deydir? Kalvak maxzumning xotira daftaridan. Toshkent, 1993. 104 bet.



Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling