Uch o‘lchovli modellashtirish kasbi bo’yicha o’quv materiallari


Uch o‘lchovli modellashtirish


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana17.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1205655
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5- YORUG‘LIK MANBALARI VA KAMERALAR

Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
Free Cameradagi sahna. 
Create (Yaratish) panelining kameralar toifasi kameralar yaratish 
uchun ikkala turdagi kamera ham mavjud bo‘ladi. Ularni yaratish 
texnologiyasi geometriya jismlarini yaratishga o‘xshaydi. Siz kamera turini 
tanlashingiz kerak, yoki proyektsiya oynalaridan birida Free Camera 
(Erkin) uning yaratilish nuqtasini bosing yoki sichqonchani chap 
tugmachasini bosib ushlab turing, bu nafaqat kameraning joylashishini, 
balki shuningdek, uning maqsadli nuqtasidir. 
Nazariy jihatdan kameralarni kattalashtirish mumkin, lekin 
sozlamalarda maqsad (nishon) aniq bo‘lmasligi sababli bunday qilish 
tavsiya etilmaydi. Sahnaning qanday ko‘rsatilishini aniqlaydigan 
kameradagi ko‘rinish uning pozitsiyasiga, yo‘nalishiga va parametrlariga 
bog‘liq va har doim uning ko‘rish doirasi (ya’ni kuzatuvchining ko‘ziga 
ko‘rinadigan sahna maydoni) bilan chegaralanadi. 
Agar sahnada bir nechta kameralardan iborat bo‘lib va ularning hech 
biri tanlanmagan bo‘lsa, unda ro‘yxat orqali kamerani tanlash uchun 
dialog oynasi paydo bo‘ladi, bu yerda kerakli kamerani tanlash mumkin. 
Kamerani, ayniqsa, uning nishonini tanlash qiyin, masalan, nishon odatda 
sahnadagi obyektlar orqasida joylashgan bo‘ladi - bunday holatlarda 
Select by Name (Nom bo‘yicha tanlash) buyrug‘i orqali tanlash kerak 
bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, siz kamerani tanlab, sichqonchaning o‘ng 
tugmachasini bosib va ochilgan menyudan Target Camera 


Uch o‘lchovli modellashtirish 
kasbi bo’yicha o’quv materiallari 
(Yo‘naltirilgan)ni tanlash orqali nishonni belgilashingiz mumkin.
Kamera o‘rnatish. 
Sahnaning yakuniy vizualizatsiya jarayonini 
boshlashdan oldin ko‘rinish rakursini to‘g‘ri tanlash lozim, chunki 
vizualizatsiya ko‘rinishning rakursi, oyna proyeksiyasidagi ko‘rish 
rakursiga mos keladi. Bunda asosan perspektiva oynasi yordamida rakurs 
ustida oyna proyeksiyasidagi boshqarish tugmalari yordamida ish olib 
borilar edi. Endi maxsus obyektlarni ko‘rib chiqamiz, ular yordamida 
sahna ko‘rinishining rakursi ustida qulay ishlash mumkin - syomka 
kameralari. 
1. Sahnada bir necha ixtiyoriy obyektlar yaratiladi. Yaratiladigan 
obyektlar bir biriga yaqin joylashtiriladi. 
2. Buyruqlar panelining birinchi bo‘limidan to‘rtinchi bo‘lim osti 
Cameras (Syomka kameralari) bandi tanlanadi. Bunda syomka kamerasini 
yaratishning ikki usuli: Target Camera (Yo‘naltirilgan) va Free (Erkin) 
paydo bo‘ladi. 
3. Yo‘naltirilgan kamera uskunasi Target (Yo‘naltirilgan) tanlanadi.
Target (Yo‘naltirilgan) kamera xuddi Target Spot (Nuqtali 
yo‘naltirilgan) yo‘naltirilgan yorug‘lik manbai singari tanlanadi: tugmani 
bosib syomka kamerasining fazodagi holati aniqlanadi, kursorni chetga 
surish bilan uning yo‘nalishi aniqlanadi. Top (Tepa) oynasida syomka 
kamerasi yaratiladi, xudd quydagi rasmda ko‘rsatilganidek. 
Sahnaga syomka kemerasi qo‘shilgan. 



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling