Uch uzuk va olam hukmdori


MAKTUB; Qirolicha > balki maktubimdan yuragingiz yana shupha


Download 52.09 Kb.
bet4/12
Sana28.12.2022
Hajmi52.09 Kb.
#1071304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
UCH UZUK VA OLAM HUKMDOR1

MAKTUB;
Qirolicha << GALADREL >> balki maktubimdan yuragingiz yana shuphaga borib, balki yana urushga otlanarsiz, ammo buni sizga yetkazib qo`yish mening vazifam deb bilaman. Tushlaringiz bezovta qilmayaptimi, har kuni oynaga termulganingizda yoningizda kimdir turganday bo`lmayaptimi? Go`yo tinchligingiz yo`q shundaymi topdim- a? To`g`ri hayron bo`lgandirsiz bularni qayoqdan bildi deb. Ammo bularni tushuntirib berolmayman. Meni diqqat bilan tinglang << Yangi bashorat dunyoga keldi, bunga 10 yilcha bo`ldi. Unda aytiladi bu so`zlarni sizdan boshqa hech kim ko`rmasin va aslo o`qimasin, unda shunday deyiladi: YANGI ZAMON KELAR TEZ KUNDA, YOVUZ KUCHLAR PAYDO BO`LADI. HUKMDORLIK DUNYOSI XOSDIR UNGA, QUDRAT TIMSOL UCH GUL UNDA BO`lADI. Buning mag`zini chaqish qiyin emas, ammo aql bilan harakat qilish eng to`g`ri yo`l. Hech qachon g`azabinga erk berma, bu axmoqlikka olib kelishi mumkin. Umumiy xulosa shundaki, ‘’Haqiqiy Hukmdor bu olamga keldi’’.
<< TEMIRCHILAR >> qirolligi bugingi kun, yangi << TURIN >> saroyi. Otam olamdan o`tgandan buyon bu yerlar huvullab qoldi, qirollikni boshqarish bu qadar qiyin ekanligini bilmagandim. To`fon shu qadar tezlik bilan keldi, men hatto ko`z yumishga ham ulgimadim, otam bu xavfni sezgan edi, ammo taqdirning izmiga qo`yib berishni ma`qul ko`rdi, chunki biz qanchalar urinmaylik baribir taqdirni o`zgartirib bo`lmaydi,kelajakni o`zgartirib bo`lmaydi. Men yangi qirollikni barpo etoyatganimda otamning ruhi haqqi qasam ichdimki, Temirchilar qirolligi uchun qasos olaman. Buyuk To`fonda qora kuchlarning qo`li borligini juda yaxshi bilaman. Yashasin qirol ‘Turin’ , yashasin qirol Turin, men otam bilan birgalikda o`z qo`llarim bilan bu qirollikni barpo etganman, oddiy bir To`fon uni shunchaki vayron qilib yuborishga qodir emas edi. TURIN o`zingni bos, o`zingni bos , men bir narsani sezib aytamanki, qora kunlar yaqin U yana qaytadi, ha qaytadi, kim haqida gapirayotganimni juda yaxshi bilasiz, ha o`sha buyuk zamon va makon yovuzi, qora kuchlar sohibi qaytib keldi…….. SAURN.
Hukmdor To`rin kirishga ruxsat bering. Ruxsat. Qirolim chaqirtirgan ekansiz. Kon ishlari qanday ketyapti, uni olishning imkoni bormi? Buni o`zingiz ko`rganingiz ma`qul. Ey Xudoyim, bu holat anchadan buyon kuzatilyaptimi, Siz uni qazib olishga buyruq berganingizda uning nuri juda past edi, ammo yaqin kunlardan beri uning quvvati kun sayin oshib bormoqda, nega bu haqida menga aytmadingiz, bir qoshiq qonimdan keching qirolim men aybdorman. O`rningizdan turing. Qo`mondon bu sizga yarashmaydi, unga ko`z quloq bo`linglar, menimcha, vaqt bo`ldi. Barcha kuchlar darhol sinov janggi tizimiga tayyorgarlik ko`rsin, qo`shinning 4 dan 2 qismi saroy ichida, qolgan qismi saroy tashqarisida jangovor mashqlarni olib borishadi. Qirollik ahli qo`rquvga tushmasiligi kerak, buni o`z zimmangizga oling, buyrug`im bajarilsin hoziroq. Xo`p bo`ladi qirolim, barcha qo`shin ommaviy jangovorlikka tayyorgarlik ko`rsin, qani tezroq , olg`a- olg`a. Menga chopar keltiring, yo`q shoshmang o`zim boraman << NUMINO`R >> ga jo`nashgga hozirlik ko`rilsin, bashorat hech qachon aldamaydi…
<< YANGI NUMINO`R>> bugingi kun, qirollik yonbag`rlari. ‘’RUNAS’’ uzoqqa ketib qolma, yana qidirib yurmaylik sen shumtakani. Bobojon. Haa . Men yomon tush ko`rdim. Qanday tush. Tushimda ulkan bir << Mahluq>> qandaydir qirollikni vayron qilyotgan edi, bu juda dahshatli bo`ldi, ammo menda qo`rquv emas, qandaydir g`ayri oddiy qudrat tanamni chulg`ab olganday his qildim o`zimni, Men go`yo o`sha mahluqning o`zi edim yana qulog`imga qandaydir tovush tinmay eshitilib turardi. Bobojon, bu tushning ma`nosi nima, men hech narsani tushunmayapman, ammo, ba`zida yaxshi tushlar ham ko`raman. Ular bundan juda farq qiladi, oq libosda oq ot ustida go`yo butun dunyoni kezayotganday bo`laman, hamma yoqda odamlar menga ta`zim qilishardi, bu holatda esa o`zimni donishmand va buyuk his qilar edim. Bobojon, men tushunmayapman, aslida kimman o`zi ? Men ham bularning nima ekanini bilmayman <>, ammo bir narsani bilamanki, sen to`g`ri yo`lni tanlay olasan va to`g`ri yo`lda ketyapsan bunga ishonchim komil. Bilasanmi <> bu olamda 2 ta yo`l bor, biri << EZGULIK>>, ikinchisi esa << YOVUZLIK >>. Sen shu ikki yo`ldan birini tanlashing va o`sha tanlagan yo`ling orqali ikkinchi yo`lni ham boshqara olishing lozim. Bu ikki yo`l misoli bir ikki qudrat, sening vazifang shu qudratlarni birlashtirib, yangi dunyo yaratish hamda butun olamga hukmronlik qilishdir. Endi tushungandirsan. Demak, har doim to`g`ri yo`lni tanlay olishim kerak, o`zim mustaqil shundaymi? Mening nabiram faylasuf bo`lib ketipdimi? Haa haaaa haa. Ehhhh RUNAS hech qachon noto`g`ri yo`ldan yura ko`rma. Men, albatta, ishonchingizni oqlayman . Sizga vada beraman, men siz istagan dunyoni quraman. Agar gapingiz rost bo`lsa, saroyga qaytamizmi, shaxzodam. Men biroz shu yerda qolsam degandim, bu yerdan dengiz chiroyli ko`rinadi, ha, to`g`ri, mayli qolaqol… Bobojon. Ha RUNAS. Mendan havotir olmang. Saroyga o`zim bora olaman. Albatta, bunga shupham yo`q. Mayli, unda saroyda ko`rishamiz. ‘Qirol saroyi’ oradan 2 soat o`tdi. Hukmdorim Qirol << Turin Qalqon >> keldilar. Marhamat, kiraversin uni kutyotgan edim. Qirol << Saniro`n >> ga sharaflar bo`lsin. Sharaflar. Qirol Turin << Numino`rga >> xush kelibsiz. Xushvaqt bo`ling qirolim, siz bilan oxirgi marta 5yil oldin mening qirolligimda ko`rishgandik. Ha to`g`ri ,roppa rosa besh yil bo`ldi. Bu vaqt ichida juda ko`p narsalar o`zgardi. Shuningdek kelajak ham, nima sababdan kelganimni juda yaxshi bilasiz qirolim, siz bilan gaplashib olishimiz lozim bu juda muhim. Albatda, marhamat. Kelavering qirol Turin, bizni holi qodiringlar. Ho`p bo`ladi qirolim. Bu yer qanday joy. Bu yer saroy markazi Yashirin xona ham deb atalardi bir paytlar, ammo, bu nom g`alati eshitilardi. Eski << NUMINO`R>> ning qudrati aynan shu xonaga jo bo`lgan. Bu yerni nabirangiz << RUNAS>> uchun qurgansiz qirolim buni bilaman hammadan ham ko`proq bilaman, axir biz bir xil narsani ko`rganmiz hatto mana shu honada nabirangiz bilan birga qudratni jilovlash mashqlarini olib borganingizni ham ko`rgan edik. Ha albatda aynan shu xonada, shu zalda men unga o`z qudratini boshqara olishni o`rgatyotgan edim, chunki mening vazifam shundan iborat. Huddi sizning o`z vazifangiz kabi, u yodingizdadir. Ha yodimda, huddi kechagidak yodimda mening vazifam oliydir << men Turin Temir Qalqon, To`rin T.Q ning o`gli Toki hayot ekanman << NETRIL>> bashoratiga ko`ra hech qachon o`lmaslikga va Toki Hukmdor o`z taxtiga chiqmagunicha hatto hamma narsamdan kechib bo`lsa ham uni himoya qilishga mahkumdirman. Netril kuchi ila, bashorat hech qachon aldamaydi. Men uni topdim. Yaxshi, unda nima qilish kerak ekanligini bilasan. Men nima qilishni bilaman, hatto nima bo`lishini ham, ammo. Ammo, ikkilanyabsan shundaymi. Bu ikkilanish meni ancha vaqtdan buyon qiynab keladi, vanixoyat esa men qaror qabul qildim, bu qarorimni eng to`g`ri yo`l deb hisoblayman va uni hech qachon o`zgartirmayman. Bu yerga tashrif buyurishimning ham asosiy sababi shu edi, keyin mendan havf sirab yurmang degan maqsadda sizni ohoglantirmoqchi edim. Men senga ishonaman Turin sen albatda bir nimani ko`zlab ish ko`rasan, ammo, hamma ham hato qiladi. Nahotki meni noto`g`ri qaror qabul qildi deb o`ylasangiz qirol << SANIRO`N>>. << NETRIL >> menga bashoratdan tashqari, yana bir narsani sovg`a qildi o`z qudratini menga qoldirdi va butun dunyoning kelajagini ko`rsatdi. Turin eng achinarlisi nima bilasanmi. Ho`sh nimada ekan. Bu kelajagda sen ham bor eding. Bu bilan sen o`lasan demoqchimisiz. Yo`q sen o`lmaysan to`grirog`i o`lishinga hali juda ko`p vaqt bor, ammo, katta judolikni boshingdan otkazasan, senga nima deyolaman, eng muhimi sinovlarag doim tayyor tur kelajak hali oldinda, axir bilamiz-ku << Bashorat hech qachon aldamaydi >> (ikkalasi birgalikda aytadi ).......

Download 52.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling