Oradan 6 yil o`tdi;
<< YANGI NUMINO`R >> bugungi kun, 6 yil o`tgach. Yashirin xona, Bobojon, kirsam maylimi ? << RUNAS >> kiraver. Kelaqol senga bir narsa ko`rsataman. Ho` anavu ufqni ko`ryapsanmi? Ha, ko`ryapman unga yaxshilab qarab tur..... Netril nomi ila buyuraman ufqning rangi o`zgarsin. Bobojon, qarang ufqning rangi oq tusga kirdi. Ha, ko`rdim. Bu sizning ishingiz to`g`rimi? Ha, to`g`ri, buni qanday payqading. Chunki ufq to`liq oq rangga kirdi, sizdan boshqasi bunga qodir emas. Barakalla, bolaginam, senga biror narsani bo`lsa ham o`rgata olganimdan hursandman. Menga juda ko`p narsalarni o`rgatdingiz faqatgina ufqning rangini emas o`tmishni, buginni va kelajagni ham o`zgartira olishni o`rgatdingiz, siz dunyodagi eng yaxshi Bobo va eng yaxshi qirolsiz. Mening aqlli nabiram, demak, mening vazifam o`z nihoyasiga yetyapti. Nega bunday deyapsiz, qanday vazifa? Bir kun kelsa tushunib olasan. Men senga bugundan boshlab eng kuchli,eng qudratli afsunlarni o`rgataman, agar meni qunt bilan tinglab bajarganlarimni ortimdan qaytarib, bularni mukammal o`rgana olsang bu olamda sendan qudratlisi bo`lmaydi. (MEN << NUMINO`R>> NING HUKMDORI QIROL SENIRON NABIRAM << RUNAS >> 16 YOSHGA TO`LGANLIGI MUNOSABTI ILA UNGA HAQIQIY VASIY SIFATIDA O`Z QUDRATI KALITINI HADYA ETAMAN, QUDRATIMNING YARMINI TORTIQ ETIB << RUNAS>> NING KUCHINI OZOD ETAMAN, BASHORAT ALDAMAYDI. (Osmonni qora bulut qoplab butun zamin zulmatga cho`mildi har bir qarich yerga momaqaldiroq tushib yashirin xona quvvatga to`ldi va osmon larzaga kelib barcha chaqmoqlar bir yerga to`plandi so`ngra, hammasi birdaniga saroy markazidagi << RUNAS >> ning vujudiga qarab otildi. Go`yo osmon unga o`zini qurbon qilayotganday edi.) ……
6 yil avval;
<< O`RTA YERLAR >> qirolligi. O`tgan kun. Mana qirolicham O`rta yerlarga yetib keldik. Ha, bu yerlar o`zgarib ketibdi, ammo ehtiyot bo`lishimiz kerak, chunki o`rta yerlar ancha asrlardan buyon ‘Afsungarlar’ ga tegishli. To`g`ri aytasiz, qirolicham ehtiyot bo`lish foydadan holi emas. Gapimni tinglang, askarlar shu yerda qoladi, biz Qirolicha bilan kechga yaqin qaytamiz gaplarim tushunarlimi? Xo`p bo`ladi, sarkarda, << GAYRO`N >>. Xo`sh, sarkarda siz aytgan inson qayerda yashaydi? U tog`larda yashaydi. Ha aytgancha, u ilgari afsungarlik bilan shug`ullangan. U afsungarmi, nega buni avvalroq aytmadingiz. Sizni bu yerga kelmaydi deb o`ylagandim. Agar u rostdan ham sehrgar bo`lsa, undan ehtiyot bo`lishimiz kerak. Xavotir olmang u meni juda yaxshi taniydi, u unchalik havfli emas. Yaxshi, unda yo`lga tushamiz, axir kechgacha qaytishimiz kerak. Marhamat………….
Do'stlaringiz bilan baham: |