Demak, yovuzlik yana qaytibtida. Yo`q u hali to`liq qaytgani yo`q, agar to`liq qudrat uni egallasa keyin uni hatto butun olam ham to`xtata olmaydi. Ammo bir narsaga hayronman u siz bilan qanday qilib bog`lana olyapti, bu savolga ham javob bor ekan, chunki uning vorisi dunyoga kelgan. U meni topishi mumkinmi? Yo`q, hozircha yo`q, ammo bir necha yildan so`ng uning o`smirlik davri boshlanadi ana o`shanda topishi muqarrar. Lekin vahima qilishga hali erta, boisi u bu safar yovuzlik uchun emas, ezgulikka hizmat qilmoqchi, bu nafaqat biz uchun, balki hamma uchun ham yaxshi xabar. U aldagan bo`lsa-chi? Yo`q birodarim Gayron, u aldamaydi, endi oddiy afsungar emas, u << MABUD >> dir, mabudlar esa aldamaydi…….
<< O`RTA YERLAR >> qirolligi, O`tgan kun. Qirollikning janubiy G`arbiy qismi. << QADIMIY QIROLLIK >> Meni shu yerda kuting men u bilan gaplashamaman. Xo`p bo`ladi, qirolim. Men << TURIN TEMIR QALQON > qidimiy qo`riqchini chorlayman. Kim u mening oromimni buzgan qirol Turin seni kelmaysan deb o`ylagan edim, demak bashorat amalga oshyapti. Men seni yaxshilikcha ogohlantiraman, saroyni tark et va uni menga topshir. Men judayam charchadim, senga yaxshilik ilindim, o`zing aytganingdek saroyni senga topshiraman. Ammo sen ham menga bir yaxshilik qil. Yaxshilik qilish qo`limdan keladi, nima qilishim kerak. Mening vazifamni o`zinga ol va meni bu azobdan xalos et. Qanday qilib amalga oshiraman buni? Mening haqiqiy ismimni ayt va bu qudratga roziman de. Sening asil isming << AKTO`N >> QUDRATINGA ROZIMAN. ( Shu onning o`zida butun olamni qora bulut qoplab osmonni momaqaldiroq bosadi va Aktonning kuch- qudrati qirol to`ringa o`tadi Akto`n esa kulga aylanib ketadi. Ulkan qudratga ega bo`lgan Turin esa yana-da kuchliroq bo`lganini his qilib turgan bir paytda unga qo`shib ulkan azobni ham his qiladi va yerga yiqilib osmonga qarab baqiradi.). Menga nimalar bo`lyapti o`zi, men o`zimni huddi zanjirband qilinganday his qilyabman. Ahvolim yaxshilanyapti,shekilli, biroz o`zimga keldim, saroyga nima bo`lyapti? ( haroba ahvolga kelib qolgan saroy o`z- ozidan qayta tiklana boshladi va qirol Turin unga yangi qo`riqchi etib saylandi. Saroy yerdan o`sib chiqar edi, harobaga aylangan ulkan saroy bir zumda yana-da ulkanroq ko`rinishda qayta barpo bo`ldi.) Turinning qo`shini hayron edi. Men qirol Turin sizlarni yangi qirolligimiz bilan tabriklayman. Qani saroyga marhamat qilinglar. Hukmdor Turinga shon sharaflar bo`lsin, shon sharaflar bo`lsin. Men ushbu taxtga o`tirar ekanman, sizlarga bir narsani aytishim kerak, men bu taxtni, bu saroyni nafaqat biz uchun, balki yaqin kelajakda saylanishi kutilayotgan dunyo hukmdori uchun qo`lga kiritdim, men hozir bu taxtga o`tiraman, ammo faqat vaqtinchalikka uni egallayman, sizlarning bunga fikringiz qanday qo`rqmqay aytavering. Qirolim sizning so`zingiz biz uchun qonundir, har qanday buyrug`ingizni so`zsiz bajaramiz. Yashasin qirol To`rin, yashasin qirol To`rin, yashasin qirol To`rin!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |