357
d. o‗n olti
113. Yuridik shaxs tomonidan soliqqa oid javobgarlik sodir etilishi qanday
javobgarlik qo„llanilishiga sabab bo„lishi mumkin
a. Faqat mansabdor shaxslari Soliq kodeksida belgilangan javobgarlikka tortiladi
b. Faqat yuridik shaxs Soliq kodeksida belgilangan javobgarlikka tortiladi
s. Yuridik shaxs Soliq kodeksida
belgilangan javobgarlikka, mansabdor shaxslari
ma‘muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
d. Yuridik shaxs ma‘muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
114. Soliq to„lovchi soliqqa oid bir necha huquqbuzarliklar sodir etgan
taqdirda moliyaviy sanksiyalar qanday tartibda qo„llanadi.
a. har bir huquqbuzarlikka nisbatan alohida-alohida qo‗llaniladi
b. eng og‗ir javobgarlik belgilangan xuquqbuzarlik bo‗yicha qo‗llaniladi
c. eng yengil javobgarlik belgilangan xuquqbuzarlik bo‗yicha qo‗llaniladi
d. jinoiy javobgarlik chorasi qo‗llaniladi
115. Quyidagi keltirilgan holatlarning qaysi birida soliq to„lovchi umuman
javobgarlikka tortilishi mumkin emas
a. soliq to‗lovchi soliq tekshiruvi o‗tkazilguniga qadar xatoni o‗zi tuzatgan
taqdirda
b. soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi yo‗q bo‗lsa
c. og‗ir shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar kechishi oqibatida
huquqbuzarlik sodir
etilgan bo‗lsa
d. tahdid yoki majburlash ta‘sirida huquqbuzarlik sodir etilgan bo‗lsa
116. Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno
qiladigan holat noto„g„ri ko„rsatilgan javobni tanlang
358
a. soliqqa oid huquqbuzarlik belgilari bo‗lgan qilmishning
tabiiy ofat yoki
boshqa favqulodda va bartaraf etib bo‗lmaydigan holatlar oqibatida sodir
etilganligi
b. soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlari bo‗lgan qilmish
bunday qilmish sodir
etilgan paytda kasallik oqibatida o‗z harakatlarini o‗zi idora etolmaydigan
yoki boshqara olmaydigan holatda bo‗lgan jismoniy shaxs - soliq to‗lovchi
tomonidan sodir etilganda;
c. vakolatli organlar yoki ular mansabdor shaxslarining
soliqqa oid qonun
hujjatlarining qo‗llanilishi masalalari bo‗yicha o‗z vakolatlari doirasida
bergan yozma tushuntirishlari soliq to‗lovchi tomonidan bajarilganda
d. huquqbuzarlik sodir etish vaqtida o‗n olti yoshga to‗lmagan jismoniy shaxs
tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik
sodir etilganda yoki soliq
majburiyatlari bo‗yicha da‘vo muddatlari tugaganda
Do'stlaringiz bilan baham: