NAZORAТ SAVOLLARI:
F. Тeylor, uning asari (Ilmiy boshqaruv tamoyillari) va boshqaruv nazariyasidagi o`rnini ta’riflab bering.
Klassik maktab, uni izlanish ob’ektlari va boshqaruv nazariyasiga qo`shgan hissasini aytib bering.
A.Fayol tomonidan ishlab chiqarilgan boshqaruv tamoyillarini mohiyati nimadan iborat?
Insoniy munosabatlar va xulq-atvor maktabini boshqaruv ta’limotida tutgan o`rnini aytib bering.
Boshqaruv fani yoki miqdoriy yondashuv maktabining asosiy xususiyatlarini aytib bering.
Kadimda boshqaruv nazariyasini rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shgan olim va shaxslarni aytib bering.
Boshqaruv ilmiy yo`nalish sifatida qachondan boshlab rivojlangan?
Qaysi omillar va jarayonlar menejmentni ilmiy yo`nalish sifatida rivojlanishida asosiy rol o`ynagan?
Nima uchun korxona erishayotgan omad va muvaffaqiyatlarda boshqaruvning o`rni katta degan fikrlar Amerikada birinchi paydo bo`ldi?
Menejment san’atmi yoki fan?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1. Hozirgi zamon menejmentini ta’riflab, uning xususiyatlarini ko`rsating. 4. (100-106 betlar).
2. Klassik maktab asoschisi A.Fayol tomonidan ishlab chiqilgan boshqaruv tamoyillarini izohlang va nima uchun ularning ahamiyati hozirgacha yuqori ekanligini tushuntiring. 1. (21-23 betlar).
Mavzu bo`yicha asosiy xulosalar:
1. Boshqaruvga ilmiy yo`nalish sifatida birinchi qiziqishning uyg`onishi 1911 yili F.Тeylorning «Ilmiy boshqaruv tamoyillari» kitobining chop etilishi bilan bog`liq. Aynan shu kitobning chop etilishi boshqaruvni fan sifatida tan olinish davrining boshlanishi deb hisoblanadi.
2. Boshqaruvga bo`lgan qiziqishni kuchayishiga birinchi turtki sifatida Yevropa mamlakatlaridagi jadal o`zgarishlar, xususan, Angliyadagi sanoat revolyutsiyasining ro`y berishi sabab bo`lgan.
3. Boshqaruv borasidagi g`oyalarni rivojlanishining birinchi bosqichi teylorizm davri deb atalib, bu davrning eng xos g`oyasi ilmiy asosda boshqarish mumkin ekanligini targ`ib qilishdir.
4. Amerikaliklar Anri Fayolni bekorga “menejment otasi” deb atashmagan, chunki u birinchi bo`lib butun bir samarali boshqaruv tuzilmasini shakllantirish, uning yuqoridan pastgacha barcha bo`g`inlari faoliyatini tavsiflash, ularning birgalikdagi faoliyatida muvaffaqiyatni ta’minlovchi tamoyillarni ishlab chiqishning uddasidan chikdi.
5. Hozirgi kunda ko`pchilik amerikaliklar madaniyatni, ta’sir kuchi jihatidan, boshqaruv instrumenti bo`lgan tashkil qilish bilan bir qatorga qo`yishadi, tashkilot ichidagi madaniyatni tashkil qilish borasidagi o`quv dasturlari esa yetakchi biznes maktablarida ko`zga ko`ringan yangilik. Demak, ko`pchilik menejerlar tashkilotning asosiy potensiali, progressiv o`zgarishlar manbai-inson va uning ongi, madaniyati ekanligini tan oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |