Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Download 1.79 Mb.
bet12/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: ilmiy boshqaruv, boshqaruv tamoyillari, insoniy munosabatlar, miqdoriy yondashuv, ma’muriy maktab.
Mavzuda ko`rib chiqiladigan muammolar:
1. Menejmentni ilmiy yo`nalish sifatida paydo bo`lishida ro`l o`ynagan asosiy shart-sharoitlar, vaziyatlar va omillar.
2. Boshqaruv tizimi bosqichlari va ularni tashkilotga ta’sir darajasi.
3. Menejment maqsadlarining yondashuvlari va ularning o`ziga hosligi.
4. Hozirgi zamon menejmenti va ularning hususiyatlari.
1-savol bo`yicha dars maqsadi:
1. Тalabalarda menejmentni ilmiy yo`nalish sifatida taraqqiy topishi haqida tushunchalar hosil qilish.
2. Ilmiy menejmentni paydo bo`lishida rol o`ynagan shart-sharoitlar va omillarni tushuntirib berish.
Identiv o`quv maqsadi;
1.1. Boshqaruv nazariyasining tarihi bilan tanishish.
1.2. Menejmentni ilmiy yo`nalish sifatida shakllanishida rol o`ynagan omillarni izohlay oladi.


1-savol bayoni:

Boshqaruvning amaliyoti xuddi tashkilotlar kabi kelib chiqishi jihatidan ancha qadimiy. Eramizgacha bo`lgan uchinchi ming yillikka oid bo`lgan loydan qilingan jadvallar topilmalarida tijorat amallari, qadimgi Shumeriyani tijorat qoidalari haqida ma’lumotlar olingan. Bular boshqaruv amaliyoti qadimdan mavjudligidan dalolat beradi. Albatta qadimgi boshqaruv xuddi tashkilotlari kabi tubdan hozirgilaridan farq qilib turadi. Boshqaruv o`zi qadimgi, boy tarixga ega, tarixan ancha asrlar davomida shakllangan bo`lsa ham, fan sifatida, mustaqil faoliyat yo`nalishi sifatida faqat yigirmanchi asrdagina tan olingan. Shuning uchun, odatda izlanishlarda 1900 yilgacha bo`lgan boshqaruv va tashkilotlar, hamda 1900 yillardan so`nggi boshqaruv va tashkilotlar deb ajratiladi. Makedoniya davridan qadimgi Rim, qadimgi Persiyagacha, Yuliy Sezardan Amir Тemurgacha barcha tarixiy va biroz bo`lsada ulug` ishlarni amalga oshirishni uddasidan chiqqan shaxslar boshqaruv amaliyotiga o`z hissasini qo`shganlar. Aynan boshqaruv xususiyatlari borasida Arximed, Al Хorazmiy, G. Galiley, B.Paskal’, Diofant, G.Leybnits, Sh.Lagranj, M.Lomonosov, D. Rikardo, V.Petti, U.Djuort, ulardan so`ng F.Engels, K. Marks, A. Smit, D.Rikardo, Keyns, R. Ouen menejmentning tarixiy ildizlarini yaratishda o`z hissalarini qo`shganlar. Ammo boshqaruvga sistemali yondashuvni shakllanishi va uni fan, alohida faoliyat turi sifatida tan olina boshlanishi 1900 yillardan boshlangan.


Boshqaruvga ilmiy yo`nalish sifatida birinchi qiziqishning uyg`onishi 1911 yili F.Тeylorning «Ilmiy boshqaruv tamoyillari» kitobining chop etilishi bilan bog`liq. Aynan shu kitobning chop etilishi boshqaruvni fan sifatida tan olinish davrining boshlanishi deb hisoblanadi. Ushbu kontseptsiya asoslari ХIХ asrning o`rtalaridan ХХ asrning 20 yillarigacha bo`lgan davrni qamrab oldi. U shu vaqtgacha og`zaki va onda-sonda bo`lgan munozaralardan boshqarish borasidagi mustaqil izlanishlar natijalari va birinchi xulosalarini chop ettirilishi izlanish va tadqiqotlar borasida keng doirada fikr almashishlarga olib keldi.
Boshqaruvga bo`lgan qiziqishni kuchayishiga birinchi turtki sifatida Yevropa mamlakatlaridagi jadal o`zgarishlar, xususan, Angliyadagi sanoat revolyutsiyasining ro`y berishi sabab bo`lgan. Ammo tashkilotning muvaffaqiyatini samarali boshqaruv tashkil qilishi mumkinligi haqidagi sistemalashgan fikrlar Amerikada yuzaga keldi va bunga bir necha sabablar bor, bular:
-Amerikadagi o`sha davrdagi irqiy, iqtisodiy erkinlik hamda kishilarning moddiy kelib chiqishi va sinfiy tabaqalarning ahamiyatsizligi;
- ХIХ asrning oxirida Amerika yakunlangan transkontinental temir yo`llarining to`qnashuv joyi bo`lganligi;
- davlatning aralashmaslik siyosati.
Har xil milliy, iqtisodiy asosdan kelib chiqqan odamlar o`z omadini sinash maqsadida Amerikaga yo`l olib, bu davrda iqtisodiyotni rivojlanishi va tadbirkor odamlarning ko`payishi boshqaruvni fan sifatida shakllanishiga olib keldi. Bunga:
-yirik tadbirkorlarning ehtiyoji va yirik biznesni rasmiylashgan boshqaruv vositalariga ehtiyojining kuchliligi;
-sanoat revolyutsiyasi natijasida texnika afzalliklarini qo`llashning zarurligi;
-ishni samarali tashkil qilish va o`z maqsadlariga erishish yo`llarini axtarayotgan bir qator izlanuvchi-tadqiqotchilarni yuzaga kelishi va o`z g`oyalarini targ`ib qilish zarurati qo`l keladigan shart-sharoitni yaratib berdi.
Boshqaruv borasidagi g`oyalarni rivojlanishining birinchi bosqichi teylorizm davri deb atalib, bu davrning eng xos g`oyasi ilmiy asosda boshqarish mumkin ekanligini targ`ib qilishdir. Bu davrda muhandislik fanlari g`oyalarini eng quyi ishlab chiqarish bo`g`iniga singdirilishi xos bo`lib, keyinchalik aynan shunda teylorizmni cheklanganligi namoyon bo`ladi.
Ikkinchi bosqich-klassik yoki ma’muriy bosqich, ya’ni A.Fayol tomonidan uning mashhur boshqaruv tamoyillarini keng tarqalishi bilan bog`liq. Buni ma’muriy maktabning birinchi mustaqil natijasi deb bilish mumkin. Ushbu davr izlanishlari formal tashkiliy tuzilmalar va tizimlarni tashkil qilishga, shakllantirishga qaratilgan. Amerikaliklar Anri Fayolni bekorga “menejment otasi” deb atashmagan, u birinchi bo`lib butun bir samarali boshqaruv tuzilmasini shakllantirish, uning yuqoridan pastgacha barcha bo`g`inlari faoliyatini tavsiflash, ularning birgalikdagi faoliyati muvaffaqiyatini ta’minlovchi tamoyillarini ishlab chiqishning uddasidan chiqdi.
1930-yillarda boshqaruv tarixida yana bir o`ziga xos bosqich ko`zga tashlandi. Bu bosqich ko`pincha “neoklassik davr” deb ataladi va ahamiyati jihatidan birinchi va ikkinchi maktablardan orqada qolmaydi. Bu davr “insoniy munosabatlar” deb nom olgan maktabning yuzaga kelishi bilan xarakterli. 1940-60 yillar davomida bu yo`nalish tashkilotlarni “ijtimoiy tizim” sifatida qarash lozim degan fikrlar bilan davom etdi. 30-yillardan so`ng ayniqsa bu yangi g`oyalar yapon menejerlari tomonidan chuqur o`rganilib, amalda qo`llab kelindi. Хarakteriga ko`ra bu davrni g`oyalari psihologiya va sotsiologiyaning, ya’ni inson xulq-atvori borasidagi fanlarning erishgan yutuqlarini boshqaruvga qo`llab ko`rishdan iborat edi.
1950-60 yillarda boshqaruv g`oyalarida qarorlarni miqdoriy usullar jihatidan asoslash rivojlandi. Bu siljish boshqaruvda matematikani hamda kompyuterlarni qo`llashning natijasida ro`y berdi. Aynan, miqdoriy maktab deb nom olgan maktab tomonidan kibernetikaning tizimlar nazariyasi, ya’ni murakkab hodisalarni integratsiyalashtiruvchi, sintezlovchi fan yo`nalishlarining asosiy g`oyalari, xulosalarini boshqaruvga jalb qilinishi shu davrning o`ziga xos jihatidir.
70-yillarda” tashkilot-bu ochiq tizim”, u doimiy tarzda o`zini ichki va tashqi muhitiga moslashib yashaydi, biror qiyinchiliklar negizini nafaqat tashkilotning ichki muhitidan, balki tashkilotning tashqi omillari doirasidan ham izlamok kerak, degan g`oya keng tarqaldi. Bu amaldagi “universalizmdan”, ya’ni har bir narsada rasmiy shakl, usul, vosita izlash holatidan “vaziyatli yondashuvga“ o`tishni anglatadi.
80-yillarda esa ko`pchilik amerikaliklar uchun kutilmaganda yaponlar tomonidan samarali qo`llanilib kelingan ”tashkiliy madaniyat” tushunchasini boshqaruvda kuchli ta’sir vositasi ekanligini tan olish davri bo`ldi. hozirgi kunda ko`pchilik amerikaliklar madaniyatni, ta’sir kuchi jihatidan, boshqaruv instrumenti bo`lgan tashkil qilish bilan bir qatorga qo`yishadi, tashkilot ichidagi madaniyatni tashkil qilish borasidagi o`quv dasturlari esa yetakchi biznes maktablarida ko`zga ko`ringan yangilik. Demak, ko`pchilik menejerlar tashkilotning asosiy potensiali, progressiv o`zgarishlar manbai-inson va uning ongi, madaniyatida ekanligini tan oladilar.
90-yillar bosqichini esa qisqacha uchta tendentsiyani belgilash bilan ta’riflash mumkin. Birinchidan, bu ma’lum jihatdan ortga qaytish, ya’ni moddiy texnologik baza ahamiyatini tushunib yetish. Ikkinchidan, nafaqat tashkiliy madaniyatga e’tiborni kuchayishi, balki boshqaruvni demokratlashuvining turli shakllariga e’tiborni kuchayishi. Uchinchidan, menejmentning xalqaro xarakterining kuchayishidir.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling