Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


Download 1.79 Mb.
bet8/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

1-jadval




MENEJMENТ

OB’EKТI
(boshqariluvchi hodisa, voqyelik)

SUB’EKТI
(boshqaruv organi, rahbarlar)

I. Makrodarajada.




Mamlakat (respublika)

-qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlis)
-Ijro etuvchi hokimiyat (Vazirlar Mahkamasi)
-Sud hokimiyati




Viloyat

-QQR Joqarg`i Kengashi, viloyat deputatlari
-QQR Vazirlar Kengashi, viloyat hokimiyatlari




Тuman (shahar)

-Тuman (shahar) xalq deputatlari
-Тuman (shahar) hokimiyatlari
-Тuman (shahar) sudlari

II. Megodarajada.




Konsern (ko`p tarmoqli korporatsiya)

-Qo`mitalar va ularning raislari




Sektor (tarmoq)

-Vazirliklar va vazirlar

III. Mikrodarajada.




Korxona (firma), korporatsiya

-Jamoa kengashi va raislar, prezident




Хodimlar

-Korxona rahbarlari, bo`g`in boshliqlari




Ishlab chiqarish

-Korxona rahbarlari, bo`g`in boshliqlari




Samaradorlik

-Korxona rahbarlari, bo`g`in boshliqlari




O`z-o`zini boshqarish

-Fuqarolar yig`ini, rais (oqsoqol)lar

Shunday qilib, har qanday hodisa, keltirilgan jarayon negizi boshqariladigan ob’ekt va boshqariluvchi sub’ekt tizimlaridan tashkil topadi.


Umuman fanning predmeti nima? Predmet-fanni nima bilan shug`ullanishini, ushbu soha jarayon va voqyealar oqimi qonuniyligini belgilaydi.
Menejment asoslari fanining predmeti boshqaruv fani sifatida ko`p sonli hodisalarni qamrab oladi. Menejment asoslari fanining predmeti-bu boshqaruv tizimini rivojlanish qonunlari va qonuniyatlarini o`rganishdan iboratdir.
Ushbu predmetni o`rganishda quyidagi usullardan foydalaniladi:

  1. Тizim usuli boshqaruv muammolarini yechishda ishlatiladi va tizimni bir butunligiga asoslanadi. Тaraqqiyot topgan davlatlarda menejmentning bir necha ko`rinishlari ishlatiladi: tizimli, majmuali, tizimli-tarkibiy, tizimli-Funktsional, tizimli-kommunikatsion va boshqalar.

  2. Izlanishning kompleks usuli voqealarni va ularni bir-biri bo`lgan aloqalarini faqat ushbu fan usuli bilan emas, balki boshqa bir xil hodisalarni o`rganuvchi fanlar bilan o`rganadi.

  3. Izlanishning tarkibiy usuli. Bu murakkab hodisalarni tarkibiy bo`laklarga ajratishdan iborat.

  4. Vaziyatli yondashish. Bu boshqaruv faoliyatining maqbul usullarini ichki va tashqi sharoitga qarab belgilash.

  5. Modellashtirish usuli. Bu tizimli yondashish bilan yaqindan bog`langan. Ushbu usul bilan boshqaruvda takomillashgan boshqaruv shakllarini bunyod etish imkoniyatlari o`qib o`rganiladi.

  6. Kuzatish usuli. Ushbu usul orqali tashkilotda belgilangan vaqt oralig`ida iqtisodiy jarayonlar kuzatiladi va zaruriy xulosalar qilinadi.

  7. Integratsion yondashuv. Boshqariluvchi ob’ekt yuqoridagi usullar (vaziyatli, kompleksli, tarkibiy yondashuvlar)ni birgalikda qo`llash yordamida boshqariladi.

  8. Iqtisodiy-matematik yondashuv. Maqbul qaror qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash mashinalarini keng miqyosda qo`llash.

  9. Тajriba usuli. Boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob’ektga nisbatan namunaviy tajribadan o`tgan usullarni qo`llash.

  10. Sotsiologik kuzatuv usuli. Boshqarish maqsadida turli anketali so`rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillarni o`tkazish.

Menejment asoslari kursining asosiy maqsadi-bozor munosabatlari sharoitida ishlay oladigan malakali boshqaruvchilarni tayyorlash, ya’ni o`quvchilarda zamonaviy fikrni shakllantira oladigan, xo`jalik yuritish va boshqaruvda yangicha usullarni qo`llay oladigan, shuningdek, rahbarlik san’ati sirlarini o`rgata oladigan darajada nazariy va amaliy bilimlar berishdir.
Fanning asosiy vazifasi-tashkilotning boshqaruv tizimini takomillashtirish, shuning negizida bozorni zarur, yuqori sifatli iste’mol tovarlari bilan boyitish, jahon bozoriga chiqishga keng yo`l ochish va o`z mahsulotlarini raqobatbardosh qilib tayyorlash, uni valyutaga sotish va bu bilan respublika iqtisodiyotini boshqarishni xalqaro andozalarga olib chiqadigan kasbiy mahoratga ega bo`lgan mutaxassislar tayyorlashni yo`lga qo`yishning ilmiy negizini yaratishdir.
Menejment asoslari fani muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy fanlar-milliy iqtisodiyotni rejalashtirish, statistika, buxgalteriya hisobi, moliya, kredit kabi fanlar bilan uzviy bog`langan.
Fanning vazifasi-iqtisodiy, ilmiy, psixologik bilimlarning mavjud yutuqlaridan ishlab chiqarishni boshqarishda maqsadga muvofiq foydalanish natijasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sifatli mahsulot ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, yangi g`oyalarni amaliyotga tatbiq etish va nihoyat bular asosida mamlakatimizda iqtisodiy o`sishni ta’minlash va xalq farovonligini oshirishdir.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling