Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»
Download 1.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-savol bo`yicha dars maqsadi
- savol bayoni
NAZORAТ SAVOLLARI:
2.1. Тashkilot nima va uning qanday turlari mavjud? 2.2. Boshqaruv harakatlarini mantiqiy ketma-ketligini aytib bering. 2.3. Boshqaruv funktsiyalarini sanab bering. 2.4. Boshqaruv tizimini tarkibiy tuzilishi qanday ? 2.5. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarning o`zaro ta’sirini tushuntirib bering. 3-savol bo`yicha dars maqsadi: Boshqaruv tizimi haqida tushuncha berish va boshqaruv funktsiyalarining mohiyatini tushuntirish. Identiv o`quv maqsadlari: 3.1. Menejmentning funktsiyalari to`g`risida tushuncha hosil qila oladi. 3.2.Boshqaruv tizimining faoliyatini izohlab bera oladi. 3- savol bayoni: Тashkilotni boshqarish-tashkilotni doimiy ravishda o`zgarib boradigan ichki va tashqi sharoitiga moslashib borishidir. Bu fikr hozirgi davr menejmenti metodologiyasining asosini tashkil qiladi. Tashkil etish Amerika metodologiyasiga binoan menejmentdagi barcha funktsiyalarni mohiyati jihatidan to`rtta umumiy funktsiyaga Rejalashtirish Nazorat Motivatsiya Chizma-2. Menejment sikli. keltirish mumkin (2-chizma). Bular rejalashtirish, tashkil qilish, motivatsiya va nazoratdir. Birgalikda bu funktsiyalarning uzluksiz ketma-ketligi menejment siklini tashkil qiladi. O`z navbatida, har bir funktsiya uni tashkil qiluvchi bosqichlar, harakatlar majmuidan iborat. Masalan, rejalashtirish istiqbolni belgilash, loyihalashtirish va boshqa bir qator harakatlardan tashkil topadi. Demak alohida bu funktsiyalarni har birini jarayon sifatida tasavvur etib, ular menejment siklini, bosqichlarini tashkil etadi deyish mumkin. Maxsus usullar, shakllar va texnik vositalar orqali o`z ta’sirini o`tkazuvchi kishilar guruhi boshqaruv organlarini tashkil etadi. Boshqaruv tizimi boshqariluvchilar va boshqaruvchilar tizimidan iborat. O`z navbatida, boshqaruvchi tizimning o`z ichida boshqariluvchi tizim elementlari uchraydi. Boshqaruvni ikkala tizimi bir butunlikni tashkil etadi va bir-biriga o`zaro ta’sir ko`rsatadi, bir-birini taqozo etadi. Boshqariluvchi tizim boshqaruvchi tizimga ta’sirini o`tkazib, uning tuzilmasini o`zgartirib turadi. Boshqaruvchi tizim o`zgargan sari, o`z navbatida, boshqaruv tizimiga ta’sirini ko`rsatib, undagi o`zgarishlarni taqozo etib turadi. Boshqaruvchi tizim qanchalik yaxshi tashkillashtirilgan mexanizmga ega bo`lsa, boshqaruv tizimi shuncha ixcham bo`ladi. Boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar orasidagi o`zaro bog`liqlik axborot yordamida amalga oshiriladi. Shu o`rinda boshqaruvni turli tashkilotlarda boshqaruv bosqichlari qancha sonli bo`lishidan qat’iy nazar, ular shartli ravishda bajaradigan funktsiyalari ko`lamini qay biri ustunligiga ko`ra uch bosqichga ya’ni, oliy, o`rta va quyi bosqichga bo`linishini ta’kidlash lozim. Eng yuqori oliy bosqich funktsiyalari ichida, odatda, tashqi muhit bilan ochiq muloqotni amalga oshirish va ko`lami jihatidan yirik qarorlar qabul qilish ustun turadi. quyi bosqich bevosita kundalik tarzda joylarda xodimlar bilan bog`liq mayda qarorlar va boshqaruv operatsiyalarini amalga oshirishi bilan farqlanib turadi. O`rta bo`g`in boshqaruvchilari esa odatda uzatuvchanlik vositasi vazifasini bajarib yuqoridan pastga uzatilgan qarorlarni personifikatsiyalashtirib, ya’ni aniq ijrochisiga, quyiga vazifa tariqasida aniqlashtirib uzatish va vazifalar bajarilishi natijalarini umumlashtirib, yuqoriga uzatish bilan shug`ullanadilar. Ammo hamma bosqich menejerlari ham tashkilotda uch guruh rollarni, ya’ni: -rahbar-yetakchi rolini bajarishi; -axborot informatsion roli, ya’ni axborot yig`uvchi va tarqatuvchi rolini bajarishi; -qarorlar qabul qilish rolini, ya’ni harakat yo`nalishini belgilash rolini bajarishi shart. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling