Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Daryo havzasidan yalpi bug‘lanish


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   200
Bog'liq
pdf

 
8.3. Daryo havzasidan yalpi bug‘lanish 
 
Bug‘lanish – daryo havzasi suv balansi tenglamasining eng asosiy 
elementlaridan biri. Dunyodagi eng yirik ko‘llar - Kaspiy dengizi, Orol 
dengizi va boshqa berk suv havzalarida ularga kelib qo‘shiladigan deyarli 
barcha suvlar faqat bug‘lanishga sarflanadi. Bug‘lanish suv omborlarida 
ham balansning katta qismini tashkil etadi. Masalan, O‘rta Osiyoning 
tekislik hududidagi suv omborlarida bug‘lanish qatlami 1200-1600 mm ni 
tashkil etadi. 
Bug‘lanishning mohiyati shundan iboratki, suyuq yoki qattiq 
holatdagi suv gaz (bug‘) holatiga o‘tadi. Bug‘lanish jadalligi bug‘lanuvchi 
yuzaning haroratiga bog‘liq. Harorat qancha katta bo‘lsa, suv molekulalari 
shuncha tez harakat qilib, o‘zaro molekulyar tortishish kuchini yengadi va 
atmosferaga o‘tadi. Shu tarzda bug‘langan suv molekulalarining bir qismi 
balandlikka ko‘tarilish jarayonida to‘yinish nuqtasiga yetib, o‘zaro 
birlashadi va og‘irlik kuchi ta’sirida yer sirtiga tushadi. Bu jarayon 
kondensatsiya deyiladi. 
Suv molekulalari atmosferaga o‘tgach, gravitatsion kuchlar ta’sirida 
yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Ularning o‘rnini esa suv yuzasidan yangi 


96 
ajralgan molekulalar egallaydi. Bu jarayon diffuzion bug‘lanish deyiladi.
Agar 
bug‘lanuvchi 
yuzaga 
yaqin 
balandlikda 
ma’lum 
omillar(shamol, harorat farqi) ta’sirida yuzaga kelgan ko‘tariluvchi yoki 
pasayuvchi havo oqimlari mavjud bo‘lsa, bug‘lanish jadallashadi. Bu 
jarayon konveksion bug‘lanish deyiladi.
Bug‘lanish jadalligi namlik yetishmasligiga bog‘liq. Namlik 
yetishmasligi (
d
) berilgan haroratda havoda mavjud bo‘lgan suv 
bug‘larining miqdori - mutlaq namlik(
200
e
) bilan shu haroratda to‘yingan 
suv bug‘lari(
0
e
) farqi sifatida aniqlanadi:
200
0
e
e
d




Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling