Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   200
Bog'liq
pdf

Barqaror qor qoplami - kuz va qishda yog‘ib bahorgacha saqlanadi. 
Barqaror bo‘lmagan qor qoplami kuz va qishning boshlarida 
yog‘ib erib ketadi. 
Mavsumiy qor qoplami – kuz, qish va erta bahorda yog‘ib, shu 
yilning issiq mavsumida erib ketadi. 
Ko‘p yillik va doimiy qor qoplamlari – qutbiy o‘lkalarda va baland 
tog‘larda uchraydi. 
Yomg‘irlar, asosan, musbat haroratli kunlarda yog‘adi. Ular 
daryolarning to‘yinishida asosiy manbalardan biri bo‘lib, miqdori, davom 
etish vaqti, yog‘ish jadalligi va yog‘ish maydoni bilan xarakterlanadi. 
Yomg‘ir miqdori (X)ning uning davom etish vaqti (
T
)ga nisbati yog‘ish 
jadalligi (
i
) ni belgilaydi: 
.
,
мин
мм
T
X
i



95 
Jala yomg‘irlar nisbatan qisqa vaqt davomida, lekin katta jadallikda 
yog‘adi. “Jala yomg‘ir” tushunchasi shartlidir. Masalan, Rossiyada yog‘ish 
jadalligi 
5
,
0

i
mm/min shartini bajargan yomg‘irlar jala yomg‘ir deb qabul 
qilinsa, AQShda esa 
28
,
1

i
mm/min sharti qabul qilingan. 
Yog‘in me’yori ma’lum meteorologik stansiyada uzoq yillar 
davomida olib borilgan kuzatishlar asosida o‘rtacha arifmetik qiymat 
sifatida aniqlanadi. 
Gidrologik hisoblashlarda daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini 
aniqlash muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda yog‘in qatlamini 
aniqlashning quyidagi usullari mavjud: 
o‘rtacha arifmetik usul; 
mediana-tortish usuli; 
kvadratlar usuli; 
izogiyetlar usuli; 
- yog‘in bilan daryo oqimi orasidagi korrelyatsiya bo‘yicha tortish 
usuli. 
Relyef sharoitidan kelib chiqib, tog‘ daryolari havzasiga yoqqan 
yog‘in qatlamini aniqlashning o‘ziga xos tamoyillari mavjud. Bu haqda va 
yuqoridagi usullarning mohiyati, ularni amalda qo‘llash imkoniyatlari 
haqida tegishli adabiyotlarda batafsil ma’lumotlar keltirilgan. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling