91
VIII BOB. Daryo havzasining suv balansi
8.1. Suv balansining asosiy tashkil etuvchilari, gidrologik yil
Suv balansi materiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra quyidagi aniq
tenglikka asoslanadi: har qanday ixtiyoriy
yuza bilan chegaralangan
maydonga kelib qo‘shiladigan suvlarning yig‘indi miqdori (
kirim
) bilan
undan tashqariga turli yo‘llar bilan chiqib ketadigan (sarflanadigan) suv-
larning yig‘indi miqdori (
chiqim
) orasidagi
farq shu maydonda suvning
ko‘payishi yoki kamayishi (
U
) ga teng bo‘lishi kerak, ya’ni:
U
-
chiqim
kirim
.
Ushbu tenglik har qanday ixtiyoriy yuza bilan chegaralab olingan
maydon va har qanday vaqt oralig‘i uchun to‘g‘ri bo‘ladi. Ko‘pchilik
hollarda shu ko‘rinishdagi suv balansi hisoblari daryo havzalari, ko‘llar va
suv omborlari uchun amaliy masalalarni hal etish maqsadida bajariladi.
Qo‘yilgan vazifa hamda mavjud ma’lumotlarga bog‘liq
holda suv
balansi to‘la va juz’iy (to‘la bo‘lmagan) bo‘lishi mumkin. Barcha kirim va
chiqimni tashkil etuvchilarni,
shuningdek, o‘rganilayotgan tabiiy
maydonning yer usti va yer osti suvlari zaxiralari o‘zgarishini hisobga olib
tuzilgan muvozanat (balans)
to‘la suv balansi deb ataladi. Agar
bir yoki bir
necha muvozanat elementlarini o‘lchash imkoni bo‘lmasa va ular suv
balansi tenglamasining qoldiq a’zosi sifatida aniqlansa, bunday muvozanat
Do'stlaringiz bilan baham: