Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrologik yil deyganda, o‘rganilayotgan daryo havzasida namlikning
to‘planishi va sarf bo‘lishi davrlarini to‘la o‘z ichiga olgan yillik oraliq tu- shuniladi. Demak, bu vaqt oralig‘i qorning yog‘ishi, to‘planishi, eriy boshlashi va erigan qordan suv oqimi hosil bo‘lishi davrini qamrab oladi. Iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda o‘lkamizda gidrologik yilning boshlanishi sifatida 1 - oktyabr qabul qilingan. "Gidrologik yil" tushunchasini kiritish natijasida, tabiiyki, u yildan bu yilga o‘tuvchi suv zaxiralari miqdorining eng kam bo‘lishiga erishiladi. Bu esa suv balansi tenglamalarini tuzish va boshqa ko‘pgina amaliy masalalarni hal etishda qulaylik yaratadi. Tabiiy sharoitda, ya’ni daryo oqimi boshqarilmaganda gidrologik yil uchun suv balansi tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 93 , U E У Х ko‘rinib turibdiki, bu yerda: ± U daryo havzasidagi namlik zaxirasining o‘zgarishiga bog‘liq holda musbat yoki manfiy ishorali bo‘lishi mumkin. Ko‘p yillik oraliq uchun U ni hisobga olmasa ham bo‘ladi, Chunki uning musbat va manfiy qiymatlari o‘zaro tenglashadi. U holda daryo havzasining suv balansi tenglamasi quyidagicha bo‘ladi: , 0 0 0 E У Х Yuqorida keltirilgan barcha ifodalardagi gidrologik kattaliklarning o‘lcham birliklari mm, m 3 yoki km 3 da bo‘lishi mumkin. 8.2. Atmosfera yog‘inlari Ma’lumki, daryo havzasining o‘rtacha ko‘p yillik suv balansi tenglamasi quyidagi ko‘rinishda yoziladi: , 0 0 0 Y Z X bu yerda: 0 X - daryo havzasiga yoqqan yog‘inning o‘rtacha ko‘p yillik qatlami, mm da; 0 Z - daryo havzasidan bo‘ladigan o‘rtacha ko‘p yillik bug‘lanish, mm da; 0 Y - havzada hosil bo‘lgan oqim qalinligi, mm da. Yuqoridagi ifodada keltirilgan kattaliklarni hajm o‘lchov birligi m 3 yoki km 3 da ham ifodalash mumkin. Gidrologiyada asosiy e’tibor yog‘inlarning yer sirtiga tushgandan keyingi holatini o‘rganishga qaratiladi. Bug‘lanish natijasida atmosferaga ko‘tarilgan suv bug‘lari elastikligi berilgan haroratda maksimal qiymatga etganda suyuq holatga o‘tadi. Suv bug‘larining to‘yinishi haroratning pasayishiga bog‘liq. Shuning uchun ham suv bug‘lari balandlikka ko‘tarilgan sari to‘yinish nuqtasiga yaqinlasha boradi. Suv bug‘larining ko‘tarilishiga va ularning shu jarayonda sovushiga quyidagilar ta’sir etadi: 1) yer sirtining kuchli isishi; 2) ko‘tarilayotgan issiq havo oqimining sovuq havo massalari bilan to‘qnashishi; 3) issiq havoning tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab ko‘tarilishi. Yuqorida qayd etilgan ta’sirlar natijasida suv bug‘lari to‘yinib, yog‘inlarni hosil qiladi va ular yer sirtiga yomg‘ir, qor, do‘l ko‘rinishida yog‘adi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling