Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   200
Bog'liq
pdf

Yog‘in miqdori joyning geografik o‘rni, atmosfera sirkulyasiyasi, yer 
sirti relyefi kabi omillar bilan aniqlanadi. O‘rta Osiyo sharoitida joyning 
absolyut balandligi va relyefi yog‘in miqdoriga har tomonlama ta’sir 
ko‘rsatadi. Masalan, absolyut balandlikning ortishi bilan yog‘in miqdori 


94 
ham ortadi. Lekin har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Masalan, Sharqiy 
Pomir va Sharqiy Tyanshanda absolyut balandlik katta bo‘lsa-da, yog‘in 
miqdori ularning g‘arbiy qismlariga nisbatan kamdir.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yog‘inlarning o‘lchangan qiymatlari 
ularning haqiqiysidan kam ekan. O‘lchashlardagi xatolikning manbalari 
quyidagilardan iborat: 
1) yog‘inning yog‘in o‘lchagich devorlarini namlashga sarflangan 
qismi; 
2) shamol ta’sirida hosil bo‘lgan turbulentlik natijasida yog‘inning 
yog‘in o‘lchagichga tushmasligi; 
3) yog‘in o‘lchagichga tushgan yomg‘ir tomchilarining atrofga 
sachrashi; 
4) yog‘in o‘lchagichda to‘plangan yog‘inning ma’lum miqdorda 
bug‘lanishi. 
Qayd etilgan xatolik manbalari hisobga olinib, yog‘inlarning 
o‘lchash aniqligini oshirish maqsadida maxsus tuzatmalar kiritiladi. 
Ularning qiymatlari iqlimiy ma’lumotnomalarda keltiriladi. 
Yog‘in gradienti - DX yog‘in miqdorining balandlikka bog‘liq holda 
o‘zgarishini ifodalaydi. Uning qiymatini yog‘in miqdorining balandlikka 
bog‘liq holda o‘zgarish grafigidan yoki oddiy hisoblashlar yo‘li bilan 
aniqlash mumkin.
Havo harorati 0-5 
0
C dan boshlab yog‘inlar qor ko‘rinishida yog‘adi 
va yer sirtida to‘planib, qor qoplamini hosil qiladi. Barqaror qor qoplami, 
barqaror bo‘lmagan qor qoplami, mavsumiy qor qoplami, ko‘p yillik qor 
qoplami, doimiy qor qoplami tushunchalari mavjud. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling