63
ресурсы Земли" (Ленинград, Гидрометеоиздат, 1974) kitobidan olingan
bo‘lib, ancha munozaralidir. Masalan, P.Xaggetning "География – синтез
современных знаний" (NyuYork, London, 1975)
monografiyasida
Dunyo okeani yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish miqdori 336
ming km
3
ga
teng. Ushbu kitobda yer sharining boshqa
qismlari uchun keltirilgan
ma’lumotlar ham 3.2jadvaldagi raqamlardan keskin farq qiladi.
Nazorat savollari
1. Yer sharida quruqlik va suv yuzalari qanday taqsimlangan?
2. Yer sharida suvning katta va kichik aylanishlarida qanday tizimlar
ishtirok etadi?
3. Materiklar ichida namlikning aylanishi qay tarzda kechadi?
4. “Okeanga tutash yoki chekka oqimli hudud” deganda nimani
tushunasiz?
5. Ichki oqimli hudud yoki berk havzalarga misol keltiring.
6. Yer shari suv balansining kirim va chiqim qismlari elementlarini
aytib bering.
7. Yer shari suv balansi elementlarining miqdoriy qiymatlarini eslay
olasizmi?
8. Okeanga tutash hudud uchun suv balansi tenglamasi qanday
ko‘rinishda bo‘ladi?
9. Ichki oqimli hudud yoki berk havzalarning suv balansi tenglamasi
qanday ko‘rinishda yoziladi?
10. Okeanga tutash yoki chekka oqimli hudud uchun suv balansi
tenglamasini yozib, izohlab bering.