Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Daryo boshi, uning yuqori, o‘rta va quyi oqimlari, quyilishi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   200
Bog'liq
pdf

 
5.2. Daryo boshiuning yuqori, o‘rta va quyi oqimlari, quyilishi 
Daryolarni o‘rganishda daryo boshi, uning yuqori, o‘rta va quyi 
oqimlari, quyilishi, daryo deltasi kabi gidrologik atamalar va 
tushunchalardan keng foydalaniladi. Quyida ularning har biri ustida 
alohida to‘xtalib o‘tamiz.


73 
5
.1
-r
a
sm. D
a
ry
o
 si
st
em
a
si
 v
a
 gi
d
ro
g
ra
fi
k
 t
o‘r
 


74 
 
O‘zan aniq ko‘rinishga ega bo‘lgan va doimiy suv oqimi kuzatila 
boshlanadigan joy daryo boshi deb yuritiladi. Agar daryo ikki soyning 
qo‘shilishidan hosil bo‘lsa, daryo boshi sifatida ular qo‘shilgan joy qabul 
qilinadi. Daryoning uzunligi esa katta irmoq bilan qo‘shib hisoblanadi. 
Har qanday daryoni uning uzunligi bo‘yicha, bir­biridan farq 
qiladigan umumiy belgilariga qarab, quyidagi uch qismga - yuqori oqim, 
o‘rta oqim va quyi oqimlarga bo‘lish mumkin. 
Tog‘ daryolarining yuqori oqimlari uchun nisbatan katta nishabliklar 
xos bo‘lib, shu tufayli suvning oqish tezligi ham ancha katta bo‘ladi. Bu 
esa, o‘z navbatida, o‘zanda eroziya jarayonining jadal borishiga olib 
keladi. 
Daryoning o‘rta oqimida uning nishabligi va suvning oqish tezligi 
kamayadi. Eng muhimi, daryoning suvliligi ortadi. 
Daryoning quyi oqimida nishablik va suvning oqish tezligi yanada 
kamayadi. Bu qismda tezlik kamayishi natijasida oqiziqlar cho‘ka 
boshlaydi. Aksariyat hollarda daryoning quyi oqimida daryo uzunligi 
bo‘yicha undagi suv miqdori kamaya boradi. 
Daryo ko‘lga, dengizga yoki ikkinchi bir daryoga qo‘shiladigan joy 
uning quyilishi deyiladi. Ko‘llarga, dengizlarga quyiladigan yirik 
daryolarning quyilish qismida ular tarmoqlanib, o‘zanning murakkab 
shakllari - del’talar hosil qiladi. Bunga dengiz yoki ko‘ldagi suvning 
to‘lqinlanishi, ko‘tarilishi, pasayishi sabab bo‘ladi. 
Qurg‘oqchil hududlarda esa daryolar ba’zan quyilish qismiga yetib 
bormaydi. Bunda daryo suvining katta qismi bug‘lanishga, o‘zan tubiga 
shimilishga va asosan sug‘orishga sarf bo‘ladi. O‘lkamizdagi ko‘pgina 
daryolar (Murg‘ob, Tajan, Zarafshon, Qashqadaryo)ni bunga misol qilib 
keltirish mumkin. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling