Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   200
Bog'liq
pdf

 
5.3. Suvayirg‘ichlardaryo havzasi va suv to‘plash maydoni 
Yer sirtiga yoqqan yog‘inlardan hosil bo‘lgan suvni ikki 
qarama­qarshi yo‘nalishdagi yonbag‘irlar bo‘yicha taqsimlaydigan eng 
baland nuqtalarning qo‘shilishidan suvayirg‘ich chizig‘i hosil bo‘ladi. 
Gidrologiyada vazifasi va o‘lchamlariga bog‘liq holda jahon suvayirg‘ichi, 
ichki suvayirg‘ichlar, okean va dengiz suvayirg‘ichlari, daryo 
suvayirg‘ichlari o‘zaro farq qiladi.  
Yer kurrasining quruqlik qismiga yoqqan yog‘inlardan hosil bo‘lgan 
yuza suvlarni jahon suvayirg‘ich chizig‘i quyidagi ikki yo‘nalishda 


75 
taqsimlaydi: 
 
1. Tinch­Hind okeanlari yo‘nalishida. 
 
2. Atlantika­Shimoliy Muz okeanlari yo‘nalishida. 
Jahon suvayirg‘ich chizig‘i Janubiy Amerikadagi Gorn burnidan 
boshlanib, And, Kordilera tog‘laridan Bering bo‘g‘oziga, undan Chukotka 
tizmalari, Anadir yassi tog‘lari, Gidan, Stanovoy, Yablonovoy, Markaziy 
Osiyo tog‘liklari, Tyanshan, Pomir, Kopettog‘, Arabiston yarim orolining 
shimoliy qismi, Afrikada esa meridian yo‘nalishi bo‘yicha o‘tadi. 
Materikning janubiy qismiga yaqinlasha borganda Hind okeani 
qirog‘oqlari tomon buriladi (Dunyo tabiiy xaritasiga qarang). 
Jahon 
suvayirg‘ich 
chizig‘idan 
tashqari 
nisbatan 
kichik 
o‘lchamlardagi quyidagi suvayirg‘ichlar mavjud. 
Ichki suvayirg‘ichlar - materiklarga yoqqan yog‘inlardan hosil 
bo‘lgan suvni okeanga tutash (chekka hudud) va berk (ichki oqimli) 
havzalar 
bo‘yicha 
taqsimlaydi. 
Orol­Kaspiy 
berk 
havzasini 
chegaralaydigan suvayirg‘ich chizig‘i ichki suvayirg‘ichlarga misol 
bo‘ladi; 
 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling