Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
4.7. Antropogen omillar ta’siri
Inson xo‘jalik faoliyatining daryo oqimiga ta’siri juda qadimga borib taqaladi, lekin bu ta’sir avvallari keng miqyosda kuzatilmagani uchun sezilarli bo‘lmagan. Asrimizning o‘rtalaridan boshlab esa insonning tabiatga ta’siri, to‘g‘rirog‘i, "zug‘umi" kuchaya bordi. Jumladan, inson xo‘jalik faoliyatining daryo oqimiga ta’siri quyidagi ko‘rinishlarda o‘z aksini topdi: - suv omborlari, suv elektr stansiyalari (GES lar), selxonalar qurish; - daryo oqimini havzalararo qayta taqsimlash; - sug‘oriladigan yerlar maydonini kengaytirish; - daryo havzasidagi botqoq yerlarni quritish; - daryolar suv to‘playdigan yirik maydonlarda agrotexnika tadbirlarini (o‘rmonmelioratsiya ishlari) o‘tkazish; - yirik shaharlar va aholi punktlarini suv bilan ta’minlash; - yirik sanoat korxonalari (qog‘oz ishlab chiqaruvchi, kimyo, metallurgiya, to‘qimachilik) ni suv bilan ta’minlash va hokazo. Yuqorida sanab o‘tilgan omillar daryo oqimining miqdoriga ham, sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda ana shu ta’sirni har tomonlama o‘rganish, uni miqdoriy jihatdan baholash va bu ta’sir natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlarni oldini olish yoki kamaytirish gidrologiya fanining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Nazorat savollari 1. Daryolarning shakllanish sharoiti va uni belgilovchi omillar. 2. Daryo va daryo oqimining hosil bo‘lishi mexanizmini izohlang. 3. Daryo havzasining geografik o‘rni va geologik tuzilishi oqim hosil bo‘lishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 4. Relyefning daryo oqimiga ta’siri nimalarda aks etadi? 5. Iqlimiy omillar va ularning daryo oqimiga ta’sirini tavsiflang. 6. Tuproq va o‘simlik qoplamining daryo oqimiga ta’siri. 7. Ko‘llar, botqoqliklar va muzliklarning ta’siri nimalarda aks etadi? 8. Antropogen omillar daryo oqimiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling