Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Daryo havzasining geografik o‘rni va
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
4.2. Daryo havzasining geografik o‘rni va
geologik tuzilishining ta’siri Daryo havzasining geografik o‘rni haqida gap ketganda, daryo havzasi joylashgan hududning eng chekka janubiy va shimoliy nuqtalari, eng chekka g‘arbiy va Sharqiy nuqtalari nazarda tutiladi. Shu ma’lumotlarga ega bo‘lsak, daryo havzasining qaysi materikda, qaysi kenglikda, qaysi mamlakat hududida joylashganligi haqida dastlabki tasavvurga ega bo‘lamiz. Daryolar to‘yinishida ishtirok etadigan yer osti suvlarining to‘planish va sarflanish sharoiti havzaning geologik tuzilishiga bog‘liqdir. Shu bilan bir qatorda, tog‘ jinslarining litologik tarkibi, suv o‘tkazmas qatlamlarning joylashish chuqurligi oqim hosil bo‘lishiga, uning miqdoriga hamda yil ichida taqsimlanishiga ta’sir etadigan jiddiy omillardan hisoblanadi. Ma’lumki, suvni yaxshi o‘tkazadigan tog‘ jinslaridan iborat qatlamlar ko‘p miqdordagi suvni o‘ziga shimib oladi. Bunday sharoitda ular nam to‘plagichlar vazifasini o‘tab, yil davomida daryolarning yer osti suvlari bilan bir tekis to‘yinishini ta’minlaydi. Karst hodisalari keng tarqalgan hududlarda (Siluriy platosi, Qrimdagi Yayla) daryo havzasi geologik tuzilishining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri yanada yaqqol seziladi. Bunday maydonlarda daryolar deyarli uchramaydi, Chunki yog‘inning asosiy qismi yer ostiga shimilib, natijada yuza oqim hosil bo‘lmaydi. 4.3. Relyefning ta’siri Daryo oqimining hosil bo‘lishiga havzaning relyefi bevosita va bilvosita ta’sir etishi mumkin. Relyefning oqimga bevosita ta’siri havzaning nishabligi orqali ifodalanadi. Agar havzaning nishabligi katta bo‘lsa, oqim jadal sur’atda hosil bo‘lib, uning daryo o‘zaniga oqib kelish vaqti qisqaradi. Shu bilan birga yer ostiga shimilish va bug‘lanishga ham kam miqdorda suv sarf bo‘ladi. Havzaning, yonbag‘irlarning nishabligi nisbatan kichik bo‘lganda esa yuqorida bayon qilinganlarning aksi kuzatiladi. 66 Havza relyefining oqim hosil bo‘lishiga bilvosita ta’siri juda katta. Bu ta’sir daryo havzasi suv muvozanatining asosiy elementlari bo‘lgan yog‘insochin, bug‘lanish, yer ostiga shimilish va havzada to‘planadigan suv miqdori orqali seziladi. Ko‘pchilik hollarda relyef havzada qor qoplamining taqsimlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shamol ta’sirida do‘ngliklarda, suvayirg‘ichlarda qor kam to‘plansa, aksincha, botiqliklarda ko‘p to‘planib, keyinchalik harorat ko‘tarilgach, jadal sur’atda oqim hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Suv muvozanati elementlariga va ular orqali daryo oqimiga balandlik mintaqalari juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ortiqcha va yetarli darajada namlikka ega bo‘lgan tekislik hududlarida balandlikning uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishi ham yog‘in miqdoriga va daryo oqimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Valday tepaliklarida (dengiz sathidan 200300 m) yillik yog‘in miqdori 700 mm ga yetsa, u bilan yonmayon joylashgan hududlar (LovatIlmen past tekisligi) da 550 mm yog‘in yog‘adi. Shularga mos ravishda u yerlardagi oqim modullari 1011 va 56 l/s·km 2 ni tashkil etadi. Tog‘li hududlarda daryo havzasining suv muvozanati elementlari balandlik bo‘yicha keskin o‘zgaradi. Yillik yog‘in miqdori tog‘ tizmasining o‘rni va yo‘nalishiga bog‘liq holda, ma’lum balandlikkacha ortib boradi, shundan so‘ng balandlik ortishi bilan yog‘in miqdori kamaya boradi. Masalan, Iliorti Olatovining shimoliy yonbag‘irlarida yog‘in miqdori 2250 m balandlikkacha ortsa, Jung‘oriya Olatovida bu balandlik 32003400 m ni tashkil etadi. Yog‘in miqdoriga tog‘ yonbag‘irlarining nam havo oqimi yo‘nalishiga nisbatan joylashishi katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Xisor tog‘ tizmasining janubig‘arbiy yonbag‘irlariga yiliga 15002000 mm yog‘in yog‘sa, Pomir tog‘larining ichki hududlarida yillik yog‘in miqdori atigi 400600 mm ni tashkil etadi. Balandlikning ortishi yog‘in turiga ham ta’sir etadi. Ma’lumki, balandlikka mos ravishda yog‘inning umumiy miqdoriga nisbatan qorning hissasi ortib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, oqim koeffitsiyentining o‘sishiga olib keladi. Balandlik ortishi bilan havo harorati pasaya boradi (har 100 m da 0,6 0 C), havo namligi esa ortadi. Natijada, havzadan bo‘ladigan bug‘lanish miqdori balandlik ortishi bilan kamayadi. Xulosa qilib aytganda, yog‘in va bug‘lanishning balandlik bo‘yicha o‘zgarishiga bog‘liq holda oqim miqdori ham o‘zgaradi. Barcha olimlar shu fikrni tasdiqlagani holda, oqimning qaysi balandlikkacha ortib borishi haqida yagona fikrga ega emas. Masalan, V.L.Shulsning ma’lumotiga ko‘ra, O‘rta 67 Osiyo tog‘larida oqim miqdori 10001500 m dan boshlab, 26003500 m gacha ortib boradi, so‘ng esa uning kamayishi kuzatiladi. Kavkaz tog‘larida esa hatto 4000 m balandlikkacha ham oqimning kamayishga moyilligi kuza- tilmagan. Tog‘li rayonlarda daryo oqimi (M) ning balandlik (H) bo‘yicha o‘zgarishi qonuniyatlarini M= f (H) bog‘lanish chizmasi yaqqol tasvirlaydi (4.1rasm). Oqim hosil bo‘lishi sharoiti nihoyatda farq qilishi tufayli, ba’zan yagona tog‘ tizimining turli hududlari uchun chizilgan chizmalar shakli birbiridan ajralib turadi. Umuman, tog‘li o‘lkalarning gidrologik sharoitida relyefning ahamiyati nihoyatda katta. Relyef gidrologik hodisalarga, shu jumladan, oqim hosil bo‘lish jarayoniga ko‘pincha bevosita emas, balki tabiiygeografik, ayniqsa, iqlimiy omillar orqali ham ta’sir etadi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling