Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Tuproq va o‘simlik qoplamining ta’siri
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
4.5. Tuproq va o‘simlik qoplamining ta’siri
Har qanday daryo havzasi yuzasining ma’lum qismi tuproq bilan qoplangan bo‘ladi. Tuproq qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri uning suv shimish va shimilgan suvni o‘zida ushlab tura olish imkoniyati bilan xarakterlanadi. Tuproq qoplamining shu xususiyatiga bog‘liq holda yer osti va yuza oqimlar miqdori ham turlicha bo‘ladi. Tuproq qoplamining suv shimish qobiliyati, uning tabiiymexanik va tabiiykimyoviy xususiyatlariga bog‘liq. Tuproq zarrachalarining o‘lchamlari qancha katta bo‘lsa, u shuncha ko‘p miqdordagi suvni shimadi. Masalan, qumli tuproq loy tuproqqa nisbatan 510 marta ko‘p suvni shima oladi. Natijada birinchi turdagi tuproqlar ko‘p tarqalgan havzalarda daryo oqimining asosiy qismini yer osti suvlari tashkil etadi. Tuproq qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri haqida gap ketganda havzadagi haydalgan yerlar maydoniga ham e’tibor berish kerak. Ayrim kuzatishlar va ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining ko‘rsatishicha, haydalgan yerlarda, haydalmagan maydonga nisbatan, oqim 4080 foiz miqdorda kam hosil bo‘ladi. Daryo havzasidagi o‘simlik qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri quyidagi ko‘rinishlarda o‘z ifodasini topadi: 1) o‘simlik qoplami atmosfera yog‘inlarining bir qismini o‘zida ushlab qoladi va bu bilan yog‘inning yanada ko‘proq qismining bug‘lanishiga imkon beradi; 2) o‘simlik qoplami ildizlari yordamida doimiy ravishda tuproqdan ma’lum miqdordagi namlikni olib, o‘z tanasi orqali bug‘latib turadi (transpiratsiya); 3) o‘simlik qoplami o‘z tanasi bilan tuproq yuzasini to‘sadi, uni isib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi va natijada bug‘lanish miqdorini kamaytiradi; 4) o‘simlik qoplami yer yuzasi g‘adirbudurligini oshiradi, bu esa yuzada suvning oqish tezligini kamaytirib, ko‘p miqdordagi suvning yer ostiga shimilishiga imkon beradi; 5) o‘simlik qoplami, ayniqsa, o‘rmonlar, yer sirtidagi qorning erishini sekinlashtiradi va bu bilan yer ostiga shimilishni kuchaytiradi; 6) o‘simlik qoplami tuproqning tabiiy xususiyatlarini keskin o‘zgartirib yuboradi; 7) ayrim olimlarning kuzatishicha, o‘rmon bilan qoplangan maydonlarda yon atrofga nisbatan yog‘in miqdori ko‘proq bo‘ladi. Demak, o‘simlik qoplamining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri yog‘in, 70 bug‘lanish, yer ostiga shimilish miqdorlarining o‘zgarishida seziladi. Yuqorida sanab o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, o‘simlik qoplami ayrim hollarda oqimning ko‘payishiga sabab bo‘lsa, ayrim hollarda esa buning aksidir. Yuqoridagi masalalar A.G.Bulavko, A.P.Bochkov, V.E.Vodogretskiy kabi olimlarning ilmiy tatdqiqot ishlarida batafsil o‘rganilgan. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling