Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Daryo havzasining tabiiy geografik xususiyatlari


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   200
Bog'liq
pdf

 
5.4. Daryo havzasining tabiiy geografik xususiyatlari 
Yer yuzasidagi har bir daryo havzasi o‘ziga xos bo‘lgan alohida 
xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu o‘ziga xoslik daryo havzasining geografik 
o‘rni, geologik tuzilishi, relyefi, iqlim sharoiti, o‘simlik va tuproq qoplami, 
gidrografik tarmoqlari kabi tabiiy­geografik omillar bilan aniqlanadi. 
 
Daryo havzasining geografik o‘rni, yuqorida qayd etilganidek, 
o‘rgnilayotgan daryo havzasining eng chekka janubiy va shimoliy 
nuqtalari, eng chekka g‘arbiy va Sharqiy nuqtalarining koordinatalari bilan 
aniqlanadi. Ushbu ma’lumotlar daryo havzasining qaysi materikda, qaysi 
kenglikda, qaysi mamlakat hududida joylashganligi haqida to‘liq tasavvur 
hosil qilishga imkon beradi. 
Daryo havzasining geologik tuzilishi. Havzaga yoqqan yog‘inlardan 
hosil bo‘lgan suvning yer bag‘riga shimilish miqdori, yer osti suvlarining 
joylashish chuqurligi, daryo oqiziqlarining manbai hisoblangan tog‘ 
jinslarining yuvilish jadalligi va nihoyat, daryo o‘zanining hosil bo‘lish 
jarayoni daryo havzasining geologik tuzilishi bilan bog‘liqdir. 
 
Daryo havzasining relyefi. Daryoda suvning oqish tezligi va shunga 
bog‘liq holda uning energiyasini aniqlashga imkon beradigan daryo 
havzasi va o‘zanining nishabligi, havzaga yog‘adigan yog‘inlarning 
balandlik bo‘yicha taqsimlanishi relyef bilan bog‘liqdir. 
 
Daryo havzasining iqlim sharoiti. Bu xususiyat, asosan, havzaning 
geografik o‘rniga bog‘liq bo‘lib, uzoq yillar uchun xos bo‘lgan quyidagi 
omillar bilan aniqlanadi: yog‘inlarning miqdori, yog‘ish jadalligi, yog‘in 
miqdorining yil ichida taqsimlanishi, qor qoplamining qalinligi va uning 
suvliligi, havo harorati va namlik darajasi, shamol va uning tezligi, 
yo‘nalishi. Daryo oqimining hosil bo‘lish jarayoni, to‘yinish manbalari, va, 
umuman uning gidrologik rejimi daryo havzasining iqlim sharoitiga 
bog‘liqdir. 
Daryo havzasida hosil bo‘lgan suv miqdori unga yoqqan yog‘in 
miqdori bilan aniqlansa, havzada yo‘qotiladigan suv miqdori, ya’ni 
bug‘lanish havo harorati, namlik va shamol bilan aniqlanadi. Ikkinchi 
tomondan, havo haroratining ko‘tarilishi daryo havzasidagi qor qoplami va 
muzliklar erishini, natijada, daryoga yanada ko‘proq suv qo‘shilishini 


77 
ta’minlaydi. 
 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling