Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   200
Bog'liq
pdf

VII BOB. Daryo vodiysi va o‘zani 
 
Daryo vodiysi, uning elementlari, daryo o‘zani haqidagi ma’lumotlar 
geomorfologiya kursida batafsil yoritilgan. Shu holatni hisobga olib
quyida ushbu mavzuga tegishli bo‘lgan asosiy fikrlarni qisqacha bayon 
etish bilan chegaralanamiz 
 
7.1. Daryo vodiysi va uning elementlari 
Daryo vodiysi suv oqimining yer sirtida bajargan ishi natijasida 
vujudga kelib, daryoning boshlanishidan quyi qismi tomon ketgan yassi 
yonbag‘irlari va nishabligi bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, ikki daryo 
vodiysi o‘zaro kesishmaydi, lekin ular birgalikda umumiy vodiyni tashkil 
qilishi mumkin. Har qanday daryo vodiysida quyidagi elementlar mavjud 
bo‘ladi (7.1­rasm): 
 
- daryo o‘zani - vodiyning oqar suv egallagan qismi; 
 
- qayir - daryoda toshqin yoki to‘linsuv kuzatilganda vodiyning suv 
bosadigan qismi; 
 
- vodiy tubi - daryo o‘zani va qayir birgalikda vodiy tubi deb ataladi
 
- talveg - daryo uzunligi bo‘yicha o‘zandagi eng chuqur nuqtalarni 
tutashtiradigan egri chiziq; 
- terrasalar - yonbag‘irlardagi gorizontal yoki biroz qiyalikka ega 
bo‘lgan maydonchalar; 
- yonbag‘irlar - vodiy tubini ikki yondan chegaralab turuvchi va 
daryoga qarab qiya joylashgan maydonlar; 
- vodiy qoshi - vodiy uzunligi bo‘yicha yonbag‘irlarning eng yuqori 
nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq. 
Daryo vodiysining tuzilishi, shakli va o‘lchamlari daryoning suv 
rejimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yonbag‘irlar qiyaligining katta 
yoki kichikligi daryoning loyqaligiga ta’sir qilsa, o‘zanning egri­bugriligi 
unda oqayotgan suvning tezligiga ta’sir ko‘rsatadi. 
 
7.2. Daryo o‘zani va uning ko‘ndalang qirqimi 
Daryo o‘zanining shakli vodiyning geologik tuzilishi, uni tashkil 
etgan tog‘ jinslarining turi, daryoning suvlilik darajasi va boshqa bir qator 
omillarga bog‘liq holda daryo uzunligi bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladi. 
Daryo o‘zanining shakli planda izobatlar bilan ifodalanadi. Izobatlar ­ 
daryo o‘zanida bir xil chuqurlikdagi nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlardir. 
Gidrologiyada daryo o‘zanining ko‘ndalang qirqimi muhim 
ahamiyatga ega (7.1­rasm). Daryoning oqim yo‘nalishiga perpendikulyar 


85 
qirqim o‘zanning ko‘ndalang qirqimi deyiladi. Ko‘ndalang qirqimning 
suv oqayotgan qismi esa jonli kesma maydoni deb nomlanadi. Ayrim 
hollarda ko‘ndalang qirqimda suv oqmaydigan joylar ham uchraydi. Ular 
harakatsiz ­ o‘lik maydon deyiladi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling