94
ham ortadi. Lekin har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Masalan, Sharqiy
Pomir va Sharqiy Tyanshanda absolyut balandlik katta bo‘lsa-da, yog‘in
miqdori ularning g‘arbiy qismlariga nisbatan kamdir.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yog‘inlarning o‘lchangan
qiymatlari
ularning haqiqiysidan kam ekan.
O‘lchashlardagi xatolikning manbalari
quyidagilardan iborat:
1) yog‘inning yog‘in o‘lchagich devorlarini namlashga sarflangan
qismi;
2) shamol ta’sirida hosil bo‘lgan turbulentlik natijasida yog‘inning
yog‘in o‘lchagichga tushmasligi;
3) yog‘in o‘lchagichga tushgan yomg‘ir tomchilarining atrofga
sachrashi;
4) yog‘in o‘lchagichda to‘plangan yog‘inning ma’lum miqdorda
bug‘lanishi.
Qayd etilgan xatolik manbalari hisobga olinib, yog‘inlarning
o‘lchash aniqligini
oshirish maqsadida maxsus tuzatmalar kiritiladi.
Ularning qiymatlari iqlimiy ma’lumotnomalarda keltiriladi.
Yog‘in gradienti - DX yog‘in miqdorining balandlikka bog‘liq holda
o‘zgarishini ifodalaydi. Uning qiymatini yog‘in miqdorining balandlikka
bog‘liq holda o‘zgarish grafigidan yoki oddiy hisoblashlar yo‘li
bilan
aniqlash mumkin.
Havo harorati 0-5
0
C dan boshlab yog‘inlar qor ko‘rinishida yog‘adi
va yer sirtida to‘planib,
qor qoplamini hosil qiladi. Barqaror qor qoplami,
barqaror bo‘lmagan qor qoplami,
mavsumiy qor qoplami, ko‘p yillik qor
qoplami, doimiy qor qoplami tushunchalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: