Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   200
Bog'liq
pdf

9
.1
-r
asm. Q
oz
iqli s
u
v o
’l
ch
ash
 p
os
ti
YuS
S

y
u
q
o
ri
(ma
k
si
ma
l)
s
u
v
s
athi, 
IS 
– 
is
h
ch
i s
at
h
i, Q
S
S

q
u
y
i (mi
n
ima
l) s
u
v
sa
th



102 
tebranishi katta amplitudaga ega bo‘lgan hollarda, kuzatishlar ko‘chma suv 
o‘lchash taxtachalari yordamida olib boriladi. Buning uchun daryo o‘zani 
va qayirida oqimga ko‘ndalang yo‘nalishda qator qoziqlar qoqiladi. Ular 
har birining balandligi suv o‘lchash posti reperiga nisbatan nivelir 
yordamida aniqlanadi. Reper ­ daryoning suv bosmaydigan qirg‘og‘iga 
mustahkam o‘rnatilib, mutlaq yoki nisbiy balandligi aniqlangan qoziqdir. 
Qoziqning ustki qismidagi tekis yuzaga ko‘chma reykani tik holda 
qo‘yib, suv sathi kuzatiladi (o‘lchanadi). Har bir qoziqning balandligini 
bilgan holda barcha o‘lchangan suv sathlari "nol" grafikka nisbatan 
aniqlanadi. 
Suv o‘lchash postlarida kuzatishlar, odatda, bir kunda ikki marta - 
soat 8
00
va 20
00
larda o‘tkaziladi. Suv sathi toshqinlar tufayli tez o‘zgarib 
turadigan mavsumlarda kun davomida qo‘shimcha har bir soatda, har ikki 
soatda, har uch soatda yoki har olti soatda kuzatishlar olib boriladi. 
Suv sathi o‘zgarishini kun davomida uzluksiz hisobga olib boruvchi 
o‘zi yozar suv o‘lchash postlari ham bor. Ularda "Valday" tipidagi 
qurilmalar o‘rnatiladi. Keyingi yillarda suv sathi kuzatishlarini avtomatik 
tizimga o‘tkazish ishlariga katta e’tibor berilmoqda. Bu esa kelajakda gid-
rologik axborotlarni jamlashni tezlashtirib, ularning samaradorligini 
oshiradi. 
Barcha o‘lchashlar ma’lumotlaridan har bir kun uchun o‘rtacha suv 
sathi hisoblanadi va kundalik suv sathining yillik jadvali tuziladi. Ushbu 
jadvalda bulardan tashqari, o‘rtacha o‘n kun(dekada)lik, o‘rtacha oylik va 
yillik suv sathlari, har bir oy uchun, yil uchun suv sathlarining eng kichik 
va eng katta qiymatlari beriladi. O‘rtacha, eng katta va eng kichik sathlar 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling