Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Nazorat savollari
1. Daryolar suv rejimining elementlarini aytib bering. 2. Daryolarda suv sathini o‘lchash ishlari qanday amalga oshiriladi? 3. Daryolarning suv sathi rejimiga qanday omillar ta’sir etadi? 4. Suv sathini kuzatish ma’lumotlarining amaliy ahamiyatini yoritib bering. 5. Daryolar suv rejimining yillik o‘zgarishini qanday davrlarga ajratish mumkin? 6. To‘linsuv davriga ta’rif bering. 7. Daryolarning, suv rejimi davrlariga ko‘ra, qanday tasniflarini bilasiz? 106 X BOB. Daryo o‘zanida suvning oqish mexanizmi 10.1. Daryo suvining harakati va uning turlari Ma’lumki, daryo o‘zanida suv og‘irlik kuchi (G) ta’sirida harakatga keladi. Bu kuchning tashkil etuvchilari quyidagilardan iborat (10.1rasm, a): 1. O‘zan tubiga perpendikulyar yo‘nalishda ta’sir etadigan vertikal tashkil etuvchisi (G u ). Bu kuch o‘zan tubidan bo‘ladigan aks ta’sir kuchi bilan muvozanatlashadi; 2. O‘zan tubiga nisbatan parallel yo‘nalishda ta’sir etadigan gorizontal tashkil etuvchisi (G x ). Bu kuch o‘zan tubi nishabligiga bog‘liq bo‘lib, o‘zanda suvning harakatini vujudga keltiradi. Gorizontal tashkil etuvchi kuch doimiy ta’sir qilib turgani uchun daryoda suv tezlanish bilan harakat qilishi kerak edi. Lekin o‘zan tubi va qirg‘oqlar bilan suv massalari orasidagi ishqalanish tufayli unday bo‘lmaydi. Daryo uzunligi bo‘yicha o‘zan tubi nishabligi, o‘zan tubi g‘adirbudurligining o‘zgarishi, o‘zanning torayishi yoki kengayishi kabi omillar harakatlantiruvchi va unga qarshilik ko‘rsatuvchi kuchlar muvozanatini o‘zgartirib turadi. Natijada, daryo uzunligi bo‘yicha suvning oqish tezligi turlicha bo‘ladi. Daryo o‘zanida oqayotgan suvning harakatini quyidagi ikki turga - Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling