Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


 Daryolar suv sathini kuzatish ma’lumotlaridan


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   200
Bog'liq
pdf

9.4. Daryolar suv sathini kuzatish ma’lumotlaridan
amalda foydalanish 
Biror daryoning irmoqlar kelib qo‘shilmaydigan qismida kuzatishlar 
olib boradigan va bir­biridan ma’lum masofada joylashgan ikki kuzatish 
joyi(posti)dagi suv sathlari o‘zgarishi chizmalarini o‘zaro solishtirsak, ular 
o‘rtasida katta o‘xshashlik borligini ko‘ramiz. Har ikki postdagi suv 
rejimining bir xil fazalarida kuzatiluvchi suv sathlariga moslashgan suv 
sathlari deyiladi. 
Moslashgan suv sathlarini aniqlash uchun har ikki kuzatish postiga 
tegishli kundalik suv sathlarining yillik jadvallaridan foydalanib, ularning 
yillik tebranishi chizmalari ustma­ust holda bitta qog‘ozga chiziladi 


105 
(9.2­rasm, a). Chizmadan foydalanib, har ikki post uchun xarakterli 
nuqtalarni (ko‘tarilish va pasayish aniq ko‘ringan) belgilab olish zarur. 
Chizmadagi moslashgan suv sathlarini ifodalovchi maksimum va 
minimumlar quyi postda yuqori postdagiga nisbatan kechroq kuzatiladi. 
Kechikish muddati daryo o‘zanidagi suvning yuqori postdan quyi postga 
yetib kelishi uchun ketgan vaqt bilan aniqlanadi. 
Moslashgan suv sathlarining aniqlangan qiymatlari orasida doimo 
yaqqol namoyon bo‘ladigan bog‘lanish mavjud bo‘ladi. Bu bog‘lanishni 
grafik yordamida ifodalash uchun yuqoridagi chizmadan foydalanib
yordamchi jadval tuziladi. Mazkur jadval ma’lumotlari asosida esa 
moslashgan suv sathlarining bog‘lanish chizmasi chiziladi (9.2­rasm, b). 
Bu chizmadan quyi postdagi suv sathini oldindan aytish (prognozlash, 
bashorat qilish) maqsadida foydalanish mumkin. Bashorat qilish 
(prognozlash) muddati suv massasining quyi kuzatish joyiga yetib kelish 
vaqti bilan aniqlanadi. Ba’zan esa ma’lum sabablarga ko‘ra suv sathi 
kuzatishlari amalga oshmay qolishi mumkin. Ana shunday holatlarda kuza-
tilmay qolgan kunlar uchun suv sathini tiklash maqsadida ham yuqoridagi 
chizmadan foydalaniladi. 
Gidrologik yilnomalarni tuzishda suv sathi kuzatishlari haqidagi 
ma’lumotlarning ahamiyati beqiyos. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling