Qor qoplami yuzasidan bug‘lanishni hisoblash uchun P.P.Kuzmin
quyidagi ifodani taklif etgan:
)
10
,
0
18
,
0
(
)
(
10
2
e
e
Z
n
,
bu yerda:
n
e
- to‘yingan suv bug‘lari elastikligining o‘rtacha kunlik yoki
n
kundagi o‘rtacha qiymati bo‘lib, qor qoplami yuzasidagi haroratga
bog‘liq holda aniqlanadi, qor erishi vaqtida, ya’ni musbat haroratda uning
qiymati 0
0
C deb qabul qilinadi;
2
e
- havoda 2 metr balandlikda mavjud
bo‘lgan suv bug‘lari elastikligi (mutlaq namlik);
10
- meteostansiyada
flyuger balandligida kuzatilgan shamolning o‘rtacha tezligi.
Qor qoplami yuzasidan bug‘lanishni oylik yoki undan uzoqroq
muddatlar uchun aniqlashda P.P.Kuzmin quyidagi soddalashtirilgan
ifodani taklif etgan:
,
37
,
0
2
d
n
Z
bu yerda:
n
- hisob davridagi kunlar soni;
2
d
- 2 metr balandlikda hisobga
olingan namlik etishmasligi, mb da.
Quruqlikdan yoki daryo havzasidan bo‘ladigan bug‘lanish yillik
yoki oylik me’yoriy bug‘lanishlar ko‘rinishida aniqlanadi.
Yillik me’yoriy bug‘lanish quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
a) bug‘lanish kartasidan;
b) A.R.Konstantinov taklif etgan nomogramma yordamida;
v) M.I.Budiko nomogrammasi bo‘yicha.
Oylik me’yoriy bug‘lanishni aniqlashning esa quyidagi usullari
mavjud:
a) P.S.Kuzin usuli;
b) B.V.Polyakov grafiklari;
Bu usullar yordamida bug‘lanishning yillik me’yoriy va oylik
qiymatlarini miqdoriy baholash tartibi tegishli adabiyotlarda batafsil
yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |