95
Jala yomg‘irlar nisbatan qisqa vaqt davomida, lekin katta jadallikda
yog‘adi. “Jala yomg‘ir” tushunchasi shartlidir. Masalan, Rossiyada yog‘ish
jadalligi
5
,
0
i
mm/min shartini bajargan yomg‘irlar jala yomg‘ir deb qabul
qilinsa, AQShda esa
28
,
1
i
mm/min sharti qabul qilingan.
Yog‘in me’yori ma’lum meteorologik
stansiyada uzoq yillar
davomida olib borilgan kuzatishlar asosida o‘rtacha arifmetik qiymat
sifatida aniqlanadi.
Gidrologik hisoblashlarda daryo havzasiga yoqqan
yog‘in qatlamini
aniqlash muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda yog‘in
qatlamini
aniqlashning quyidagi usullari mavjud:
-
o‘rtacha arifmetik usul;
-
mediana-tortish usuli;
-
kvadratlar usuli;
-
izogiyetlar usuli;
-
yog‘in bilan daryo oqimi orasidagi korrelyatsiya bo‘yicha tortish
usuli.
Relyef
sharoitidan kelib chiqib, tog‘ daryolari havzasiga yoqqan
yog‘in qatlamini aniqlashning o‘ziga xos tamoyillari mavjud. Bu haqda va
yuqoridagi
usullarning mohiyati, ularni amalda qo‘llash imkoniyatlari
haqida tegishli adabiyotlarda batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: